127
xususiyatlari tahlil qilinadi hamda raqiblarning
mahsulotlari nimaga
sotilayotganligi sabablari o‘rganiladi.
O‘rganish amaliyoti shu narsani ko‘rsatdiki, iste’mol xususiyati,
ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarishi uning hayotdagi o‘rnini beqiyos
qilib belgilaydi.
Tovarning xususiyatlari ham inson ehtiyojlariga ko‘ra uch turga
ajratiladi:
1.
Tovarlarning moddiy ehtiyojlarini qondira olish xususiyatlari.
2.
Ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondira bilishligi.
3.
Tovarlarning ijtimoiy ehtiyojlarni to‘ldiruvchi
erganomik
xususiyatlari.
Birinchi xususiyat tovarlarning inson hayotida muayyan vazifani
bajarib, uning moddiy ehtiyojini qondirish tushuniladi.
Tovarlarning estetik xususiyati esa shakli, tuzilishi, pardozi va hidi
kabi
tomonlarini hisobga olsa, erganomika qismida insonning unumli
ishlashi uchun qulaylik yaratish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Yakka tartibdagi ehtiyojlar quyidagi tartibda aniqlanadi:
·
oiladagi roli, majburiyat doirasiga ko‘ra;
·
boshqa odamlar bilan munosabatiga qarab;
·
guruhning shaxsga va shaxsning guruhga bo‘lgan talabi bilan;
·
katta jamoatchilikka qo‘shilishi bilan va hokazolar.
Hozirda talab va taklifni o‘rgangan holda mahsulot ishlab chiqarish
korxonalarning gullab - yashnashi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Mahsulot, ish va xizmatlarga bo‘lgan
bozor talabining maksimal
darajada qondirilishi bozor mexanizmining zarur shartlaridan biri
hisoblanadi.
Korxona faoliyati eng avvalo, bozor regulyatorlari asosida
tartiblanadi. Bunda iqtisodiy manfaatlar mushtarakligi e’tiborga olinadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida bozordagi talab orqali
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab
chiqarish faoliyatiga hamda
ishlab chiqarish hajmlariga ta’sir ko‘rsatiladi, bu esa ma’lum darajada
iqtisodiyot tarmoqlarida talab va taklif
muvozanatlashuviga zamin
yaratib berishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan shu narsa ko‘rinadiki,
bozorbop mahsulot yetishtirish uchun o‘rtacha 60 ga yaqin yangi
g‘oyani o‘rganib chiqish lozim va u quyidagi chizma ko‘rinishida
bo‘ladi (10-chizma).