• SWOT analiz (tahlil)
  • Strategik tahlil marketing tizimida korxonani uzoq muddatga mo‘ljallangan bozorni prognozlashdagi pozitsiyasidir. - Tezkor (taktik) tahlil
  • 4.3. Korxona mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan talab darajasini aniqlovchi omillar tahlili
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    4.
     
    Matritsa usuli
    – yakuniy ifoda va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’-
    sir etuvchi omillarni juftlik, birlik va ko‘plik koeffitsiyentlarda aniqlash. 
    Ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat: 
    -
    SWOT analiz (tahlil)
    – korxonaning kuchli(S) va bo‘sh 
    bo‘g‘inlari(W)ni aniqlaydigan, shuningdek, bozor imkoniyatlari(O) va 
    holatlari(T)ni o‘rganadi. Bunday tahlil natijasiga ko‘ra korxona va uning 
    mahsulot turlarini raqobatga bardoshligi baholanadi, bozor strategiyasi 
    shakllanadi. Marketing faoliyatini tahlili ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi. 
    -
    Strategik tahlil
    marketing tizimida korxonani uzoq muddatga 
    mo‘ljallangan bozorni prognozlashdagi pozitsiyasidir.
    -
    Tezkor (taktik) tahlil
    – korxonaning bozor jarayonini hisobga 
    olgan holda joriy imkoniyatlarini faol o‘rganish, ya’ni qisqa muddatdagi 
    tutgan yo‘lidir. Tezkor tahlil ma’lumotlari asosida bozor talabiga mos 
    keladigan, yuqori foyda keltiradigan, pul mablag‘larini tushumini 
    muntazam ta’minlay oladigan puxta assortiment dasturini ishlab chiqish 
    imkoniyati yaratiladi. Korxona mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish 
    bo‘yicha optimal dasturning shakllanishi bo‘yicha variantlarni ishlab 
    chiqadi.


    126
    4.3. Korxona mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan talab darajasini 
    aniqlovchi omillar tahlili 
    Korxona mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan talabni tahlil etishning 
    asosiy maqsadi – korxona mahsulotiga bo‘lgan talab darajasini aniqlash 
    hamda buyurtmalar portfelini tashkil etish hisoblanadi. Buyurtmalar 
    portfeli korxonaning quvvati va undan kelajakdagi foydalanish daraja-
    lariga bog‘liq bo‘ladi. Agar korxona mahsulotiga bo‘lgan talab qaysidir 
    sabablarga ko‘ra pasayadigan bo‘lsa, bunga mos ravishda buyurtmalar 
    portfeli ham qisqaradi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish sur’ati 
    pasayishi, mahsulot tannarxining oshishi hamda korxonaning zarar 
    ko‘rish ehtimoli kuchayib boradi. Bu jarayon uzoq davom etadigan 
    bo‘lsa korxonani bankrotlikkacha olib borishi mumkin. 
    Bozor muvozanatining muhim elementi bo‘lgan talab va taklifni, 
    uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish asosida 
    korxonaning ishlab chiqarish sur’ati va uning tuzilishiga baho beriladi. 
    Talab – iste’molchilar tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar 
    miqdoridir. Uni to‘lovga qobil ehtiyoj deyish ham mumkin. Talab 
    iqtisodiy kategoriya bo‘lib, uning darajasiga ko‘plab omillar ta’sir etadi, 
    ya’ni taklif etilayotgan tovar bahosi, uning sifati, xaridorlarning daro-
    madlari, xarid qobiliyati, o‘rindosh tovarlarning bahosi, iste’molchi-
    larning daromadlari va tovar bahosini o‘zgarishi, bozorning tovarlar 
    bilan to‘yinganligi hamda jamg‘armalar bo‘yicha foiz stavkalarining 
    o‘zgarishi kabi omillardir.
    Omillarning talab hajmi o‘zgarishiga ta’sirini quyidagi 
    bog‘lanishlarda talab funksiyasida ifodalash va aniqlash mumkin, ya’ni: 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish