qaror chiqarish nazariya metodi




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

qaror chiqarish nazariya metodi
– marketing faoliyatida bunday 
nazariyalar bozordagi holat o‘zgarishiga iste’molchilarning munosa-
batini aniqlashda ishlatiladi. Boshqarish faoliyatining samaradorligi 
ko‘pincha qabul qilinayotgan qarorlarga bog‘liq. Korxonadagi 
muammolar va ularning aniq yechimi boshqaruvchiga yuklangan, ishlab 
chiqarish, texnikaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, marketing va huquqiy qaror-
larni to‘g‘ri qabul qilish va o‘z vaqtida bajarilishiga bog‘liq. 


125
-
variatsion tahlil
marketing faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar 
analitik yo‘l bilan bajariladigan ishlarga aloqasi yo‘q bo‘lgan hollarda 
qo‘llaniladi. 
-
chiziqli va chiziqsiz programmalashtirish
xo‘jalik jarayonlarini 
funksiya va cheklanishlarda qatorli tarzda programmalashtirish va ularni 
boshqarish bo‘yicha muqobil qatorlardan eng optimal variantini 
aniqlashda qo‘llaniladi. 
3.
 
Evristik metod
– shakllanmagan metod bo‘lib bozor jarayoni 
mutaxassislarining tajribasi, sezish qobiliyatlari orqali marketing bilan 
bog‘liq masalalarni yechimi topiladi. 
-
«Delfa metodi.
Bu metod diqqatga sazovor va samarali hisob-
lanadi. Uning mohiyati shundaki, ekspert so‘rovlari bir necha bosqichda 
olib boriladi, so‘rov natijasiga ko‘ra bildirilgan g‘oyalar anonim xusu-
siyatiga ega, ekspertlarning bir-biri bilan muloqotda bo‘lishi cheklangan.
-
jamoa g‘oyasini paydo bo‘lish metodi
(«miyaga hujum» meto-
di). Bu metod ekspertlarning ijodiy jarayonda faol qatnashuviga asos-
langan. 
-
xavf nazariyasi –
tizimning nobarqarorligini o‘rganuvchi va 
bashoratlovchi xavfning yuzaga kelish belgilarini aniqlash maqsadidagi 
analitik dastur. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish