• Jami taklif ko‘rsatkichi
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    Jami talab ko‘rsatkichi.
    Har bir iste’molchining o‘z, shaxsiy 
    talabi bozordir. Jami bozor talabi yoki umumiy bozor talabi barcha 
    iste’molchilar talabi yig‘indisidan kelib chiqadi. Shunday ekan, jami 
    talab ko‘rsatkichi narxlarning muayyan darajasida barcha iste’molchilar 
    sotib oladigan tovarlar miqdorining ifodasi sifatida keladi. 
    ·
    Jami taklif ko‘rsatkichi
    . Bu ko‘rsatkichning shakllanishi ham 
    xuddi talabniki singari, jami taklif yig‘indisidan kelib chiqadi. Bu esa 
    jami sotilishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulot ifodasi sifatida keladi.
    Marketing tadqiqotida tahlilning turli metod va usullaridan 
    foydalaniladi. Marketing faoliyatida tahlilni qo‘llaydigan metodlaridan 
    ayrimlari quyidagilardan iborat:
    1.
     
    An’anaviy usullar: 
    - analitik ko‘rsatkichlar tizimi; 
    - omilli modellashtirish; 
    - taqqoslash, guruhlashtirish va boshqalar. 
    2.
     
    Iqtisodiy matematik usullar 
    tahlil etilayotgan ko‘rsatkichlar 
    o‘rtasida tasodifiy stoxastik bog‘lanish bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. 
    Marketing tadqiqotlarini olib borishda eng ko‘p qo‘llaniladiganlari 
    quyidagilardan iborat: 
    -
    keng o‘lchovli metod
    (birinchi galda klaster tahlili) orqali mar-
    keting xulosalarining asosga ega ekanligi bilan bog‘liq muammolarni 
    yechishda qo‘llaniladi. Masalan, sotish hajmiga bir-biri bilan bog‘liq bir 
    qancha omillardan eng muhimlari baho, raqobatga bardoshlik, reklama 
    xarajatlari va hokazolarni ta’sir etish darajasi aniqlanadi; 
    -
    regressiv va korrelatsiya metodlari
    o‘zgaruvchan guruhdagi 
    ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik qanchalik jips ekanligini aniqlashda 
    keng qo‘llaniladi; 
    -
    statistik metod
    – ommaviy, takrorlanib turadigan hodisalar va 
    bozor holatini kuzatishda foydalaniladi; 
    -

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish