Iqtisodiy tahlilning metodi




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Iqtisodiy tahlilning metodi - korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va 
boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojla-
nishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy- iqtisodiy 
samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa 
faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish, 
ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning 
o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob-kitob qilish iqtisodiy tahlil 
fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir.
Metodining mazmuniga ko‘ra tahlil vositasida xo‘jalik jarayonlari 
va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, ya’ni har 
bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan 
sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkorni-inkor qilish, 
qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi-ilg‘or voqeliklarning 
paydo bo‘lishi kabi xususiyatga ega bo‘ladi. Dialektik yondashuv va 
uning barcha usullari xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishda, tahlil qilishda 
korxona faoliyatini barcha bosqichlarida qo‘llaniladi. 


48
Iqtisodiy tahlil metodining ta’rifida uning e’tiborli jihatlari ham 
ko‘rsatilgan. Jumladan, xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil 
qilishda juda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. 
Tahlil uchun kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar, ularning turi hamda 
miqdori o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va 
davriga bog‘liq bo‘ladi. Hatto, tahlil natijasida avvaldan mo‘ljallan-
magan yangi ko‘rsatkichlar ham hisoblab topilishi mumkin. Mazkur 
holat iqtisodiy tahlil metodining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
O‘rganilayotgan xo‘jalik jarayonlarining, ya’ni ko‘rsatkichlarning 
o‘zaro farqlanishi hamda o‘zgarishi sabablarini aniqlash tahlil ishlarida 
muhim ahamiyatga ega. Har bir o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatgan sabablarni 
(omillar) hisoblash iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos 
xususiyatidir, chunki, tahlil qilinayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va 
ulardagi o‘zgarishlar doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqa 
hamda ta’sir natijasida sodir bo‘ladi. Tahlil vositasida mazkur holatlar, 
ya’ni o‘zgarishlar aniq hisoblanadi va o‘rganiladi. Ta’kidlash kerakki, 
ayrim olingan omillar oxirgi yakuniy natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi 
va uni tubdan o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun ham 
xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarish sabablari, ularning omillar ko‘rinishida 
yuzaga chiqishi tahlilda jiddiy tarzda o‘rganiladi, demak, ko‘rsatkichlar-
ga ta’sir etuvchi asosiy va qo‘shimcha omillarni aniqlash ularni tasnif-
lash tahlil metodining muhim xususiyati bo‘lib sanaladi. Sabablarni 
aniqlash va omillarni to‘g‘ri guruhlash xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil 
qilishning sifatli bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. 
Iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni o‘rgani-
layotgan ko‘rsatkichlarni bir-biriga o‘zaro ta’sirini va bog‘liqligini aniq 
hisoblab ko‘rsatib berishdir. Ma’lumki, korxona ishlab chiqaradigan 
mahsulot hajmi uch guruh omillar ishchi kuchi, mehnat vositalari va 
mehnat predmetlaridan foydalanishga bog‘liq. O‘z navbatida, har bir 
guruh omillar ham tarkibiy elementlarga ajraladi. Misol uchun, ishchi 
kuchidan foydalanish bo‘yicha omillar miqdor va sifati bo‘yicha 
guruhlanadi. Bu yerda, miqdor omil ishchilar soni, sifat omili esa 
ularning mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan 
o‘rtacha mahsulot). Ishchining bir yildagi o‘rtacha mehnat unumi - bir 
yilda ishlangan o‘rtacha kishi kunlari, ish kuni davomiyligi va bir 
ishchining yil davomida ishlagan ishi soatiga bog‘liq. Bu sanab o‘tilgan 
har bir ko‘rsatkich, o‘z navbatida, boshqa omillarga bevosita bog‘liq. 
Ishchining bir yilda ishlangan o‘rtacha ish kunlari qo‘shimcha dam 


49
olish, sababsiz ishga kelmaslik, uzoq safarga borish, kasallik tufayli 
ishga chiqmaslik va korxona aybi bilan bekor turish kabi sabablar ta’sir 
ko‘rsatadi. Aytilganlardan ma’lum bo‘lmoqdaki korxona iqtisodiy 
faoliyatidagi barcha ko‘rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli bog‘lanib 
ketgan. Bu umumiy zanjir tizimida har bir omilning o‘z o‘rni bor hamda 
ular muayyan miqdorda voqeliklarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tahlil 
jarayonida e’tiborga olinmagan har bir ko‘rsatkich yoki omil uning 
natijalarni noaniq bo‘lishiga hatto iqtisodchilarni noto‘g‘ri xulosalariga 
olib kelishi mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining 
muhim xususiyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida 
tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning 
o‘zaro bog‘liqligi doimo e’tiborda tutiladi. Faqatgina, ayrim hollarda 
iqtisodiy jarayonlar bo‘yicha hisob-kitoblarni mantiqiy asoslash uchun, 
ya’ni yakuniy natija ko‘rsatkichiga faqat bir omilning ta’siri o‘rganila-
yotgan vaziyatlarda boshqa omillarning o‘zgarish sabablari hamda ta’sir 
etish miqdori shartli o‘zgarmas, deb qaralishi mumkin. Odatda ilmiy 
usullardan foydalanilganda, har qanday turdagi tahlil muvaffaqiyatli 
chiqadi. Tahlil qilishning to‘g‘ri tanlangan usuli ko‘pincha uning 
natijasini oldindan aniqlaydi. Ilmiy usulda fanni tekshirish ko‘pincha, 
dialektik usulga asoslanishi tushuniladi. Tushunishning dialektik usuli, 
hamma hodisa va jarayonlarni muntazam harakatda, o‘zgarishda, 
rivojlanishda ko‘rish zarurligini bildiradi. Iqtisodiy tahlil usullarining 
xarakterli jihatlaridan biri – muntazam taqqoslab turishdir. Dialektika 
har bir jarayonni, har bir hodisani birlik va qarama-qarshiliklar kurashi 
deb qarash kerakligini o‘rgatadi. Bundan har bir hodisa va jarayonlarni 
ichki qarama-qarshiliklar, ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganib chiqish 
zarurligi kelib chiqadi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan biridir. 
Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo‘jalik 
faoliyatini o‘rganib chiqishda barcha bog‘liq tomonlarini hisobga 
olinishini anglatadi. Hech qaysi hodisa, agar u alohida tekshirilsa to‘g‘ri 
tushunchaga ega bo‘lmaydi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan 
biridir. Tahlilning muhim uslubiy jihatlaridan biri, u sabab-oqibatlarni 
aniqlabgina qolmay, balki son jihatdan tavsif beradi, ya’ni har bir 
omilning faoliyat natijalariga qay miqdorda ta’sir ko‘rsatishini aniqlaydi, 
bu esa iqtisodiy tahlilning yanada osonroq bo‘lishini ta’minlaydi. 
Sistemali yondoshish esa o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni 
bosqichma-bosqich tahlil qilish, ularni o‘zaro bog‘liq holda tekshirish 
mufassal detallarda o‘rganilishini ko‘zda tutadi. 


50

Download 2,53 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish