46
b) tuzilmalilik, ishonchlilik, betaraflilik, davriylik,
taqqoslanuv-
chanlik, pulli baholash,
hisobga olish, mazmunning shakldan ustunligi,
aniq baholash, uzluksizlik;
d) tahlil dasturini tuzib olishlik, tuzilmalilik, ishonchlilik, betaraf-
lilik, davriylik, taqqoslanuvchanlik;
e) tuzilmalilik, ishonchlilik, betaraflilik, davriylik, taqqoslanuv-
chanlik, mazmunning shakldan ustunligi, aniq baholash, uzluksizlik.
47
II BOB. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA
QO‘LLANILADIGAN USULLAR
2.1. Raqobatdosh iqtisodiyotda iqtisodiy tahlilning metodi
va uning o‘ziga xos muhim xususiyatlari
Har bir fanning metodi – obyektiv borliqning, tabiat va jamiyatning ri-
vojlanishini o‘rganishga qanday yondoshish lozimligini ko‘rsatadi.
Fanning o‘z obyekti yoki predmetini o‘rganish usullari,
vositalari uning
metodini tavsiflaydi. Iqtisodiy tahlil ham o‘zining mustaqil usullariga ega.
Metod - grekcha
«methodos» so‘zidan olingan bo‘lib nazariya, ta’-
limot va amaliyotni o‘rganishdagi yondashuv yo‘llaridir. Keng ma’noda
metod deganda tabiat va jamiyatdagi jarayonlar, predmetlar hamda vo-
qeliklarni tadqiq etishning o‘zaro bog‘langan yalpi usullari, tamoyillari,
shuningdek, haqiqatni
bilishning vositalari, uslublari va yo‘llari tu-
shuniladi.