41
5. Statistika va informatika.
6. Moliya, bank, soliq masalalariga taalluqli fanlar bilan.
7. Iqtisodiy matematika va kompyuter asoslari fani bilan.
8. Huquqiy fanlar bilan.
9. Tabiiy fanlar va hokazolar.
Buxgalteriya hisobi mulkchilikning va xo‘jalik
yuritishning turli
shakllaridagi korxonalar faoliyatini yalpi, uzluksiz
va hujjatlarga asos-
langan holda aks ettirish tizimidir. Tahlilda ushbu tizimda shakllanti-
rilgan ma’lumotlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Demak, mazkur fan
iqtisodiy tahlilni eng asosiy axborot bazasi bo‘lib hisoblanadi.
Moliya, bank, soliq,
investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, birja ishi so-
hasidagi fanlar bilan iqtisodiy tahlil bevosita bog‘liq. Chunki, korxonalar
faoliyati davlat budjeti
bilan majburiy hisob-kitoblar, kredit olish va
ularni to‘lash, investitsiyalarni
jalb qilish yoki ularni sotish, qimmatli
qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etish, birja va bozordagi holatni uzluksiz
o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu
faoliyatni iqtisodiy tahlil
qilish ularning o‘ziga xos jihatlarini bilishni talab qiladi. Bu esa,
iqtisodiy tahlilning samarali bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Axborot texnologiyalari va informatika fanlari asosida iqtisodiy tah-
lil ishlari dasturlanib, kompyuter vositalarida amalga oshiriladi.
Bunda
iqtisodiy tahlil fanining usul va uslublari, belgilangan maqsad va vazifalar
axborot texnologiyalari va informatika fanlari talablari asosida dastur-
lanadi. Kompyuterlar yordamida amalga oshirilgan tahlil ishlari o‘ta tez
va aniq bajariladi hamda mutaxassislar mehnatini yengillashtirib beradi.
Yuqorida qayd etilgan boshqa fanlar ham iqtisodiy tahlil fani bilan
bevosita bog‘langan.
Korxonalarning faoliyatini tahlil qilish
yuqori tashkilotlarning
bilvosita vazifasi bo‘lib, ular korxonalarning hisobotini tasdiqlaydi ham-
da ularning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini baholab,
tegishli
qarorlar qabul qiladi.