«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi
firma, uyushma, birlashmalarning (xo‘jalik yurituvchi subyektlar-
ning) moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va
o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy
barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat
ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy,
innovatsion boyliklardan oqilona foydalanayotganligiga baho
berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan
obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot
manbalaridan foydalanadi».
Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil
korxonalarning xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari hamda ular-
ning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik
jarayonlari asosiy faoliyat, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi.
Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda
amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyatini, soliq
to‘lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona
iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi.
Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga
kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi. Tahlilning
predmetini o‘rganishda faqat sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlar bilan cheklanib qolish yetarli bo‘lmas edi. Tahlildan maqsad
mavjud natijaga odilona baho berish bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish va shu orqali tahlil qilinayotgan
obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir.
Korxonalar faoliyatiga baho berishda o‘rganilayotgan iqtisodiy
35
hodisa va jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan subyektiv omillarni ham e’tibor-
ga olib tahlil qilinadi. Subyektiv (ichki) omil deyilganda korxonalarning
amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, ya’ni mehnat,
moddiy va asosiy fondlardan oqilona foydalanish hisobiga ko‘proq
mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda olish evaziga
korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o‘rganadi.
Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo
bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib
turishi, bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, baho, tabiiy omillar va
hokazolar.
Iqtisodiy manbalardan foydalanib o‘rganish deyilganda esa buxgal-
teriya, statistik, tezkor hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda kor-
xona va firma faoliyati aniq raqamlar bilan o‘rganiladi va umum-
lashtiriladi. Chunki, iqtisodiy manbalar korxonalarda sodir bo‘layotgan
hodisa va jarayonlarni aniq o‘lchaydi, aks ettiradi va baho beradi.
Har qanday fanning obyekti bo‘lishi lozim, ammo, «Iqtisodiy tahlil»
fanining nazariyasiga bag‘ishlangan eng so‘nggi adabiyotlarda ham bu
masalaga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Shu tufayli fanning predmeti
bilan obyekti ko‘p hollarda bir xil tushunchalar deb qaraladi. Bu esa, o‘z
navbatida, nazariy jihatdan asossiz, chalkash xulosalarga olib kelishi
mumkin.
Har qanday fanning obyekti uning predmeti qayerlarda amalga
oshishini ko‘rsatib beradi. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti hozirgi
bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka
asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatida
mujassam. Shu tufayli, tahlil fanining obyektiga davlat, jamiyat tashki-
lotlari, uyushmalar, trestlar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu obyekt-
lar iqtisodiy asosi jihatidan davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy
va aralash kabi mulk shaklida faoliyat ko‘rsatadigan obyektlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos va mos iqtisodiy taraqqiyot
yo‘lini tanladi. Bu mustaqil yo‘l bilan hamma sohada, xususan, milliy
hisoblar tizimida ham jahon andozalariga bosqichma-bosqich o‘tish
ko‘zda tutilgan. Bu esa, o‘z navbatida, mulk shaklidan qat’iy nazar,
tahlilning bir xil metodologik usulini yoritishni taqozo etadi.
Obyektning va davrning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu fan
predmetining mohiyati o‘zgarmasligi, obyekt esa tahlilning qaysi ma-
konda o‘tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Shu jihatdan uning
36
predmeti obyektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning sub-
yektlari tahlil obyektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi,
ya’ni hozirgi vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini juda ko‘p
mutaxassislar, mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar.
Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil subyektlari tarkibiga
korxona (firma), tashkilot va uyushmalarning oddiy xodimidan rahbar
xodimigacha bo‘lgan barcha xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar,
menejerlar, boshqaruv idorasi xodimlari, statistika idoralari xodimlari,
auditorlar, moliya tashkilotlari xodimlari, texnik xizmati xodimlari,
mehnat birjasi xodimlari, atrofni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari,
marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari kiradi.
|