Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus 
bilim beradi: 
· Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealar rivojlanishini, o‘zgarishini 
obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) ta’sir etuvchi omillar bilan 
umumiy bog‘liq holda o‘rganish; 
· O‘rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalarning 
faoliyatini to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xolisona baho berish; 
· Ijobiy va salbiy ta’sir etgan omillarni aniqlash, raqamlarda ko‘r-
satish va hisoblash; 
· Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo‘l-yo‘riq-
larini ko‘rsata olish; 
· Ilg‘or g‘oya va tajribalarni o‘rganilayotgan jarayonga qo‘llash 
yo‘nalishlarini belgilash; 
Moliyaviy va boshqaruv tahlilida o‘rganilayotgan hodisa yoki jara-
yon maydadan-yirikka, oddiydan murakkabga yoki, aksincha o‘rganiladi 
hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga oli-


31
nadi. Demak, xo‘jalik faoliyatini tahlili firmalarining iqtisodiy faoliya-
tini obyektiv va subyektiv omillarni e’tiborga olib o‘rganadi. 
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexanizmining 
muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subyektlari bo‘lgan korxona 
va tashkilotlar, alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
subyektlar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida uni to‘g‘ri 
boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa, albatta, sodir bo‘layotgan xo‘ja-
lik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini 
batafsil o‘rganishni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan 
korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli 
bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. 
Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab 
chiqarishni borishi to‘g‘risidagi real ahvol buxgalteriya hisobi yorda-
mida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma’lumotlar piro-
vard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv 
qarorlari esa tahlil ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil 
reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida 
obyektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat jihatdan o‘rganadi hamda baho 
beradi. Uning yordamida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar topiladi hamda 
tugatiladi, obyektni yanada rivojlantirish yo‘llari belgilanadi yoki 
samarali ishlashni ta’minlaydigan yo‘nalishga o‘tkaziladi. Bu esa, 
boshqaruv qarorlarini nechog‘lik real qabul qilinishiga asos bo‘ladi. 
Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari ham iqtisodiy-tah-
lil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan tahlilning boshqaruv faoli-
yatini to‘g‘ri ekanligi va uning mohiyati yanada yaqqolroq ko‘rinadi. 
Boshqaruv jarayonida tartibga solish funksiyasi – boshqaruvchi 
subyektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘ta mu-
him hisoblanadi. Bu bilan, o‘rganilayotgan obyektga kompleks yondo-
shilib, butun bir tuzilmani ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan 
holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar belgilinadi. Natijada, bosh-
qaruv obyekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va 
boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita 
iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayot-
gan har bir obyekt har tomonlama chuqur o‘rganiladi. 
Boshqaruvda asosiy faoliyatni ishonchliligini ta’minlashda nazorat 
etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, 
ularning nechog‘lik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonini 
sifati, ishonchliligini oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan 


32
foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar yoziladi. Misol uchun, 
korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; barqarorlik; natijalar 
va shu kabilarni o‘rganadi. Aytib o‘tilgan barcha boshqaruv funksiyalari 
korxonani iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan, biroq, korxonani 
faqatgina iqtisodiy tuzilma deb qarash ham, unga bir tomonlama 
yondoshishni keltirib chiqaradi, chunki, uning o‘ziga xos ijtimoiy, 
ekologik va boshqa shu kabi jihatlari ham mavjud. Demak, korxona 
tuzilmasida ijtimoiy, ekologik jarayonlarni ham tahlil etish undagi 
mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol va uning takomillashtirish masalala-
rini o‘rganadi va ularga ta’sir etadi. Bularning natijasi esa, iqtisodiy 
jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri bilan aniqlanadi. Fikrimizni umumlash-
tirib, shu narsalarni aytish mumkinki, iqtisodiy tahlil korxonani 
boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir. 
Uning yordamida: 
a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta’minlanadi; 
b) mulk va mablag‘lardan foydalanishning muqobillik shartlarini 
belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan 
optimal variantlarni tanlaydi; 
d) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.

Download 2,53 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish