15
1.2. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlilning tashkil
topishi va rivojlanishi
Tabiat va jamiyatdagi hodisalar singari iqtisodiy hodisalarning ham
tarkibiy
qismlarini bilmay turib, ya’ni tahlil qilmay turib, ularni ilmiy
jihatdan o‘rganib bo‘lmaydi.
Analiz iborasi «analisys» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘laman», «hal
etaman» degan ma’noni bildiradi. Binobarin, tahlil murakkab hodisa va
predmetlarni tarkibiy qismlarga bo‘lish, ajratib qo‘yish asosida
ko‘rsatkichlarni taqqoslash va o‘rganish demakdir. Ma’lumki, korxo-
nalarda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, faoliyatning
sifat va miqdor
ko‘rsatkichlari bo‘yicha
muvaffaqiyatlarni o‘rganish va uni
takomillashtirishning qulay yo‘llarini belgilash - iqtisodiy tahlilni tashkil
qilishning zaruriy shartlaridan biridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilning roli keskin oshadi,
chunki boshqarishda oldingi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz
kechilib yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi
shakllanadi. Oldingi tahlil, asosan, reja ko‘rsatkichlarini asoslashga,
uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan edi.
Bugungi kunda esa, har
bir xo‘jalik subyekti o‘z faoliyatini mustaqil ravishda boshqaradi. Bu,
o‘z navbatida, tahlilning rolini oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir
subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi,
ularni amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy tahlil orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi hamda
mamlakatning iqtisodiy salohiyati aniqlanadi. Bunda, tahlil uchun man-
ba bo‘lib, yig‘ma statistik ma’lumot asos bo‘la oladi. Xo‘jalik faoliyatini
tahlil qilishdan maqsad korxona va birlashmalarning ish faoliyatiga
obyektiv baho berish va xo‘jalik yuritishning samaradorligini yanada
oshirishdan iboratdir. Bunday tahlil natijalari korxonaning xo‘jalik
faoliyatini
doimo nazorat qilib turishni, unga rahbarlik qilishda xatoga
yo‘l qo‘ymaslikning oldini olishga xizmat qiladi. Xo‘jalik faoliyatini
tahlil qilish quyidagi tamoyillarga amal qilgan holda amalga oshiriladi:
– ilmiy asoslangan tamoyil;
– obyektivlik tamoyili;
– tizimli va komplekslik tamoyili;
– operativlik tamoyili;
– umumiylik tamoyili.
Iqtisodiy tahlilning vazifasi - ushbu bandlarda
keltirilgan vazifalar
16
bilan cheklanmaydi. Korxona faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil
jarayonida uning hamma jihatlarini o‘rganish lozim. Shunday ekan,
tahlil vazifasi ham ko‘p qirralidir. Tahlil jarayonida barcha kamchiliklar
aniqlanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda esa aniqlangan kamchi-
liklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shu
tariqa kamchiliklar bartaraf qilinib, xo‘jalik faoliyatining uzluksiz
ravishda takomillashuvi va samaradorligi oshib borishi ta’minlanadi.
Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi - bu korxonalar faoliyatida foyda
miqdorini ko‘paytirishning to‘g‘ri va optimal yo‘llarini
aniqlab berish-
dir. Agar korxona faoliyatida foyda miqdorining oshishiga narx-
navoning ko‘tarilishi yoki atrof-muhitga zarar yetkazish evaziga
erishilsa, buni hech qachon korxona muvaffaqiyati deb bo‘lmaydi.
Iqtisodiy tahlil oldida turgan muhim vazifalardan yana biri – bu korxona
mehnat jamoasi faoliyatining iqtisodiy natijasini aniqlashdir. Tahlil
qilish jarayonida tashqi va mehnat jamoasiga bog‘liq omillar ahami-
yatini o‘rganish lozim. Bunda erishilgan natijalarni me’yoriy yoki
hisobot davri natijalarini taqqoslash bilan chegaralanib qolish kerak
emas. Eng muhimi –
mamlakat erishgan yutuqlari, raqobatbardosh
mahsulot ko‘rsatkichlari va dunyo ilmiy-texnika darajasi bilan
solishtirish muvaffaqiyatlar garovi ekanligini unutmaslikdir.
Masalan, tahlilni quyidagi masshtablarda amalga oshirish mumkin:
- xalq xo‘jaligi tahlili;
- korxonalar xo‘jalik faoliyatining tahlili.
Xalq xo‘jaligi tahlilida iqtisodiyotning butun tarmog‘i, ayrim hu-
dudlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi, o‘sish darajasi va ular-
ning rivojlanishdagi o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlari o‘rga-
niladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida hisob va hisobotni ikki qismga
bo‘lish qabul qilingan:
1. Boshqaruv hisobi.
2. Moliyaviy hisob (umumbuxgalteriya hisobi).
Shunga muvofiq iqtisodiy tahlil ham ikki qismga:
moliyaviy va
boshqaruv tahliliga bo‘linadi, o‘z navbatida, moliyaviy tahlil tashqi va
ichki moliyaviy tahliliga, boshqaruv tahlili esa ichki boshqaruv tahliliga
bo‘linadi. Tashqi moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti
asosida, ichki moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda
tezkor hisobotlar asosida olib boriladi. Ichki boshqaruv tahlili esa tezkor
hisobotlar va boshqaruv hisoboti asosida olib boriladi. Iqtisodiy tahlil-
17
ning maqsadi bu korxonani hisobotlar orqali o‘tgan davrda, tahlil qilina-
yotgan vaqtda va kelajakda erishilgan va erishiladigan moliyaviy natija-
lari va moliyaviy holatiga baho berish
hamda iqtisodiy tashxis
qo‘yishdan iborat.