Fanning yuqorida ta’riflangan tadrijiy rivojlanish yo‘lidan ham




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Fanning yuqorida ta’riflangan tadrijiy rivojlanish yo‘lidan ham 
ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga 
ajratilgan, ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. 
Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moli-
yaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechir-
moqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon 
andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlarni o‘rganishga qara-
tilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shun-
dan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda. 
Bilish – falsafa fanining fundamental uslubiy bo‘limi bo‘lib, u 
obyektiv borliqni inson ongida aks etishining o‘rganilishini o‘rgatadi. 
Avvalo, mazkur nazariyada bilishning obyekti va subyekti tushun-
chasi aniqlanadi.
Birinchi tushuncha mazmunini bevosita obyektiv xatti-harakat, 
amaliyot, insonning moddiy faoliyati ya’ni jamiyat rivojlanishining 
asosini tashkil etuvchi shaxslar tashkil etadi. 
Ikkinchi tushuncha esa insonning o‘zi, jamiyat, insoniyat ya’ni 
bilish obyektiga ijodiy yondashuvchi shaxslarni bildiradi. 
Bilish obyekti va subyektining dialektik birligi uning ishonchliligini 
va haqqoniyligini ta’minlaydi. 
Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari - moddiy buyumlashgan, 
ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning obyekti 
hisoblanadi. Zamonaviy fanlarning usul va uslublarini umumlashtirib 
aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foyda-
laniladi: analiz va sintez, eksperiment, modellashtirish, ta’kidlash kerak-
ki, bularning barchasini asoslaydigan hamda amalga oshiradigan shaxs-
lar, ya’ni mutaxassislardir. Ular mohiyatiga ko‘ra, barcha holatlarni yu-
qori darajada analiz-sintez etadigan narsa insonning fikrlash qobiliyatidir. 
Fikrlash, ijodiy jarayon sifatida tushuncha, hukm, xulosalarni o‘z 
ichiga oladi. Obyektiv reallik: hodisalar, buyumlar, munosabatlar, 
ko‘rsatkichlar o‘z shakli va mazmuniga hamda xususiyatlariga ko‘ra 


13
farqlanadi, guruhlarga ajratiladi hamda fikrlash vositasida muayyan 
tushunchani hosil qiladi. Hukm orqali nimadir tasdiqlanadi yoki inkor 
etiladi. Tahlil etilgan jarayonlar sintez etilib, xulosa chiqariladi, bilish 
nazariyasi orqali o‘rganilayotgan borliqni muayyan obyekti to‘g‘risida 
ishonchli va haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. 
Barcha tarmoq fanlarining uslubiy asosi sifatida bilish nazariyasi 
iqtisodiy tahlilning mohiyati, zaruriyligi va natijasini aniqlab beradi. 
Iqtisodiy tahlil - amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib 
rivojlansa, insonning amaliy faoliyatida naflilik va iqtisodiy samara-
dorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o‘rnini topganligidan 
dalolat beradi. Iqtisodiy tahlil o‘z faoliyatida dialektikaning asosiy 
tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat:
- doimo harakat;
- o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik; 
- sabab-oqibat; 
- koordinatsiya va subkoordinatsiya; 
- qarama-qarshilik; 
- miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishi; 
- inkorni-inkor va boshqalar. 
Tahlilning xususiyati, zaruriyligi va qimmatli tomoni, u voqea va 
hodisalar dinamikasini o‘rganadi. 
Bu jarayonda mazkur fan tadqiq qilish mumkin bo‘lgan obyektiv 
reallik; predmet va hodisalar u yoki bu tomon hamda jihatlarga ko‘ra 
boshqalar bilan bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lgan holda, doimo 
harakatda, o‘zgarishda deb o‘rganiladi. 
Iqtisodiy hodisalarni bir-biriga bog‘liqligini, o‘zaro harakatlarini, 
alohida yuzaga chiqishini va boshqa tomonlarini o‘rganmasdan turib, 
ularning tuzilishi, harakat qonunlari, xususiyatlarini o‘rganib bo‘lmaydi. 
Bu esa muayyan iqtisodiy obyektni muhim belgilariga ko‘ra bo‘laklarga 
bo‘lib, so‘ngra ularni umumiyligini ta’minlovchi jihatlarini tahlil 
yordamida aniqlab tegishli xulosalar olishda hamda ulardan amaliyotda 
foydalanishda juda muhimdir.
Inson tomonidan iqtisodiy faoliyatdagi turli voqealar kuzatilib ular-
ning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi, ya’ni faktlar to‘planadi.
Ma’lumki fanda voqealar bevosita o‘zi tahlil etilmaydi, balki ular 
qayd etilgan faktlar bo‘yicha o‘rganiladi. 
Emperik bilishlar bo‘yicha qayd etilgan faktlar fanga kiritiladi, 
qayta ishlanadi va saqlanadi, lekin inson tomonidan qayd etilgan faktlar 


14
bir butun voqea yoki predmetni o‘rganish uchun yetarli hisoblanmaydi. 
Buning uchun o‘rganilayotgan obyekt muayyan belgilar bo‘yicha 
guruhlar va yoki bo‘laklarga ajratilishi zarur. Bulardan ma’lum bo‘l-
moqdaki, aniq obyekt to‘g‘risida ilmiy faktlar to‘plash, ularni tahlil 
qilishdan boshlanar ekan. Yuqorida aytilganlardan shu xulosaga kelish 
mumkinki tahlil, jamiyat yoki tabiatdagi voqea va hodisalarni o‘rganish 
usuli bo‘lib yuzaga chiqadi. 
Bir butun obyektni fikran bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish tahlilda o‘ta 
ahamiyatli tadqiqot usuli bo‘lib hisoblanadi. Mazkur usul o‘rganila-
yotgan hodisani ichki mohiyatini ochishda va uni turli omillarga 
bog‘liqligini aniqlashda juda muhimdir. Bunday fikrlashda falsafaning 
abstrakt usul-uslublaridan keng foydalaniladi. Tahlilda bir butun hodisa 
yoki predmet bo‘laklarga bo‘linib, uning har bir alohida tomonlari 
o‘rganiladi, lekin bu bilan o‘rganilayotgan obyektni to‘la ma’noda 
tavsiflab bo‘lmaydi. Buning uchun, obyektni o‘rganilayotgan tomonla-
rini umumlashtirib, umumiy jihatlarni hosil qilish kerak. Mazkur masala 
sintez usuli bilan amalga oshiriladi. 
Ta’kidlash kerakki, hodisa yoki jarayonlar o‘rganilib ilmiy xulosalar 
chiqarilishida tahlil va sintez usuli birgalikda harakat qiladi. Mazkur 
tartib obyektning dialektik birligini ta’minlaydi. Bu bilan tadqiq 
etilayotgan predmet yoki hodisalarning dialektik birligini har tomonlama 
bilish mumkin. Faktlar tahlilidan nazariy sintezga o‘tish induksiya va 
deduksiya metodlari yordamida amalga oshiriladi. 

Download 2,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanning yuqorida ta’riflangan tadrijiy rivojlanish yo‘lidan ham

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish