• Korxonaning iqtisodiy tahlilini o‘tkazuvchilar ularni maqsadi va manfaatlari № Tahlil qiluvchilar Maqsadi va manfaatlari
  • Iqtisodiy tahlilning asosiy bosqichlari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Iqtisodiy tahlilning asosiy bosqichlari: 
    Tahlilning maqsadini aniqlash va unga yondoshish yo‘llarini 
    belgilash. Bu bosqichda koxona ko‘rsatkichlari ularning xalq xo‘jaligi, 
    tarmoq bo‘yicha miqdorlariga, o‘tgan davr va rejadagi hajmlariga, 
    boshqa turdagi korxonalar ko‘rsatkichlariga solishtiriladi.
    Tahlil uchun qilingan axborotlar sifatiga baho berish bosqichi. Bu 
    bosqichda axborotlarning to‘g‘riligini hisobotlardagi ko‘rsatkichlarning 
    tahlil talablariga javob bera olishligiga qarab tekshiriladi.
    Tahlilning usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va uning 
    natijalarini rasmiylashtirish. Ushbu bosqichda bevosita tahlil o‘tkaziladi 
    va unda uning usullari majmuasidan foydalaniladi va tegishli xulosa 
    chiqariladi. 
    1-jadval 
    Korxonaning iqtisodiy tahlilini o‘tkazuvchilar ularni 
    maqsadi va manfaatlari 
     
    № 
    Tahlil qiluvchilar 
    Maqsadi va manfaatlari 
    1. 
    Korxonani 
    boshqaruvchilar 
    (menejerlar) 
    Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligiga baho berish, 
    ichki imkoniyatlarini topish va ulardan foydalanish chora-
    tadbirlarini ishlab chiqish evaziga koxonaning moliyaviy 
    barqarorligini, raqobatbardoshligini ta’minlash. 
    2. 
    Aksiyadorlar va boshqa 
    investorlar 
    O‘zlari oladigan dividendlarini, aksiyaning bozor bahosini 
    aniqlash. Korxonaning kelgusi istiqbolini bilish. 
    3. 
    Soliq idoralari 
    Soliqlarning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq to‘langanligini 
    tekshirish. 
    4. 
    Bank muassasalari, 
    kreditorlar 
    Pul mablag‘lari va boshqa kredit resurslarini aniqlash, 
    olingan kreditni va boshqa majburiyatlarni tegishli foizi 
    bilan to‘lovga qodirligi darajasini tekshirish. 
    5. 
    Statistika va istiqbolni 
    belgilash idoralari 
    Statistik jihatdan hisobga olish va umumlashtirish
    6. 
    Tovar jo‘natuvchilar 
    Jo‘natiladigan tovarlar uchun to‘laydigan mablag‘i bor yoki 
    yo‘qligini bilish. 
    7. 
    Tovar oluvchilar 
    Mahsulot bahosining asosliligi, sifati andozaga to‘g‘rililigi, 
    vaqtida yetkazib bera olishini bilish. 
    Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi-
    lardan iborat: 
    - moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 


    18
    - iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
    - moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
    - ish faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
    - moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
    - bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
    - davlat budjeti bilan aloqalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
    - to‘lov qobiliyati va to‘lovga qodirlikni ifodalovchi ko‘rsat-
    kichlar. 
    Yuqorida jahon amaliyotida iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil 
    fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil 
    topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi 
    fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Iqtisodiy 
    tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. O‘zbekis-
    tonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu 
    fanning roli juda katta, chunki, amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri 
    sifatida namoyon bo‘lmoqda.
    90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga 
    kiritgach barcha sohalarda bo‘lgani singari ilm-fan sohasida ham 
    o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida 
    iqtisodiy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi.
    Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish bir tomondan, 
    korxonalarning mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib bersa, 
    ikkinchi tomondan ularning mas’uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning 
    iqtisodiy erkinligi va mas’uliyatining oshganligi ularning o‘z faoliyatini 
    chuqur tahlil qilishni taqozo etadi. 
    Albatta, iqtisodiy tahlil ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali 
    iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo, uning maqsadi va 
    mohiyati, rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning 
    shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning maz-
    muni esa, ma’lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, avvalo, davlat manfaatini 
    ifodalab kelgan, chunki, barcha mulk va uni tasarruf etish bevosita 
    davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi.
    Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham 
    topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o‘zida ifoda 
    etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa, 
    shunga mos ravishda mazmunan yangi «Iqtisodiy tahlil» fanini 
    shakllantirilishini taqozo etadi. 
    Endigi «Iqtisodiy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga 
    tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk 


    19
    egalarining manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb 
    etadi. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda 
    qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo etadi. 
    Iqtisodiy tahlil – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini ang-
    lash, tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ularni ko‘p qirrali aloqa 
    va bog‘liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday 
    yangi bilimlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan obyektiv sharoit va 
    talablarni vujudga kelishidir.
    Birinchi navbatda – kompleks va tizimli tahlilga bo‘lgan amaliy 
    talabning vujudga kelish sababi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoj-
    lanishi, ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, ishlab 
    chiqarish ko‘lamining kengayishidir. Bunday sharoitda kichik biznes va 
    xususiy tadbirkorlik subyektlarida qo‘llanilib kelingan tahliliy hisob-
    kitoblar, faraz qilishlarning qo‘llanilishi yirik xo‘jalik subyeklari sharoi-
    tiga yetarli bo‘lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama qamrab 
    olgan kompleks iqtisodiy tahlilsiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni 
    boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo‘lib qoladi. 
    Tahlil fanining O‘zbekistonda yaratilish tarixini taxminan 5 
    bosqichga bo‘lish mumkin. Respublikamizda «Iqtisodiy tahlil» fanining 
    yaratilish va rivojlanish tarixini quyidagi jadvalda ifodalab o‘tish 
    mumkin (2-chizma). 
    Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani 
    bo‘yicha o‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Bu 
    fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar 
    va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi.
    Respublikamizda 60-70-yillarda tahlil fanining tashkil topishi va 
    shakllanishida asosiy mavqeni samarqandlik olimlar egallaganini e’tirof 
    etgan holda, 80-yillarga kelib poytaxtimiz Toshkent shahrida va 
    respublikaning boshqa hududlarida ham tahlil fani asta-sekin shakllandi 
    va rivoj topa boshladi. Bu davrga kelib tahlil fanining rivojlanishiga 
    mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan R.Radjapov, A.S.Sotivoldiyev, 
    Yo.Abdullayev, O.Mahmudov, X.Shodiyev, N.Xan, A.Shoalimov, 
    A.T.Ibrohimov, A.Usanov, A.K.Ibragimov, B.Hasanov va boshqalar 
    katta hissa qo‘shdilar. 
    80-yillarda Samarqandda yaratilgan tahlil maktabi a’zolari ham o‘z 
    an’analarini davom ettirib, yuqori va sermahsul ijod qildilar. Bu davrga 
    kelib samarqandlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Pardayev va 
    A.A.Abdiyevlar hamkorligida «Xo‘jalik faoliyatining tahlili»ga 
    bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratdilar.


    20
    1984-yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi 
    xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darsligi Moskvaning 
    «Экономика» nashriyotida chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha 
    kooperativ institutlariga va «Buxgalteriya hisobi nazorat va xo‘jalik 
    faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy 
    o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik 
    tomonidan juda yaxshi kutib olindi. Natijada 1989-yilda ushbu darslik 
    aynan ana shu nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida 
    qaytadan nashrdan chiqdi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy tahlilning asosiy bosqichlari

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish