• Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
    I BO‘LIM. 
    IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI 
     
     
     
    I BOB. IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI, 
    PREDMETI VA VAZIFALARI 
     
     
    1.1. Iqtisodiy tahlil fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi 
     
    Kishilik jamiyatining vujudga kelishi insoniyat ongining takomil-
    lashib borishiga turtki bo‘ldi. Insoniyat ongining rivojlanishi natijasida 
    borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. 
    Fikrlar shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma’lum bir fanlarga 
    asos solingan. 
    Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zarurat tug‘ilishi 
    lozim. Shu tufayli, fanning shakllanishi biror-bir shaxsning ijod mahsuli 
    bo‘lib qolmasdan, balki obyektiv jarayonga tayanadi. 
    Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko‘p asrlik tarixga ega 
    bo‘lgan buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga 
    kelgan, bu uchun esa obyektiv shart-sharoitlar yaratilgan. 
    Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Reguzda paydo 
    bo‘lgan. Bunga misol qilib Vendrikt Katrulinning 1458-yilda nashr 
    qilingan «Savdo va xususiy savdogar» nomli kitobini keltirish mumkin. 
    Buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan ikkinchi asar 1494-yilda Venet-
    siyada nashrdan chiqqan bu Luka Pacholinning «Schotlar va yozuvlar 
    haqida»gi kitobidir. Ushbu kitoblarda buxgalteriya hisobining savdo va 
    kredit operatsiyalari yoritilgan. Bu fan xo‘jalik yuritishda asosiy dastak 
    sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib kelmoqda. 
    Barcha fanlar qatori buxgalteriya hisobi ham o‘z tarixi davomida 
    takomillashib, bir qancha boshqa fanlarning vujudga kelishi uchun 
    metodologik asos bo‘lib xizmat qildi, chunki, ishlab chiqarishning kon-
    sentratsiyalashuvi, korxonalarning yiriklashuvi, xo‘jalik faoliyatining 
    kengayishi, iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi hisob ishlarini 



    takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois, XVI-XVII asrlarda bux-
    galteriya hisobiga bag‘ishlangan kitoblar Gollandiya, Fransiya, Angliya 
    kabi mamlakatlarda chop etildi. Natijada buxgalteriya Yer kurrasining 
    bir qismida emas, balki barcha mamlakatlarda keng yoyila boshladi. 
    Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlar XVIII asrda 
    paydo bo‘la boshlagan. Chet el adabiyotlari rus tiliga tarjima qilingan-
    dan so‘nggina, rus olimlari ham bu fanga bag‘ishlangan asarlarni chop 
    etishga kirishganlar. 
    Rus olimlarining buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlari XIX 
    asrda paydo bo‘la boshlagan. Bunga V.S. Nemchinovning 1840-yilda 
    nashrdan chiqqan, ikki qismdan iborat «Hisob fani» asarini misol qilib 
    keltirish mumkin. Bu kitobda savdo korxonalari hisobi tizimi batafsil 
    yoritilgan. Shundan so‘ng, asta-sekinlik bilan buxgalteriya hisobining 
    prinsiplari boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham yozila boshlagan. 1861-yilda 
    Klinchening «Qishloq xo‘jaligi buxgalteriyasi», 1863-yilda «Idora 
    bo‘limi yo‘riqnomasi» kitoblari dunyoga kelgan. Bu asarlar safini F. V. 
    Yezerskiy o‘zining «Uch tizimli buxgalteriya» (1870-yil), P.I. Reynbot 
    «Fabrika schotchiligi» (1875-yil), A.V. Prokofyev «Ikkiyoqlama 
    buxgalteriya kursi» (1884-yil) kitoblari bilan kengaytirgan. 
    Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlarni 
    to‘g‘ri va to‘liq hisobga olishni talab qiladi, ammo ishlab chiqarishning 
    takomillashib borishi, korxonalar o‘rtasida erkin raqobatning vujudga 
    kelishi, buxgalteriya ma’lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g‘ri 
    tushuntirish zaruratini tug‘diradi. Bu esa, o‘z navbatida, tahlil element-
    larining vujudga kelishini taqozo etdi, chunki «tijorat sirini» takomil-
    lashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga buxgalteriya hisobi va statis-
    tika fani javob berishga qiynalib qolardi. 
    Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini 
    yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini 
    chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa 
    hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi, 
    aynan shu hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos 
    bo‘lgan. 
    Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yildan chiqa boshlagan 
    «Счётoвoдствo» jurnalida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlil-
    ning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan – «Balansshunoslik» fani paydo 
    bo‘lgan. Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga esa asos bo‘lgan, 
    chunki, o‘sha paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi, asosan, buxgal-



    teriya balansida ifoda etilgan. Balans ma’lumotlariga korxonaning mab-
    lag‘i yoki ular manbayining ma’lum muddatda o‘zgarishi aniqlanadi, 
    lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo‘layotganligi, ularga qaysi 
    omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo‘lib 
    boradi, bu esa balansdagi ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilish zaruratini 
    vujudga keltiradi. 
    Jamiyatda ishlab chiqarish taraqqiyotni rivojlantirish bilan bir 
    qatorda iqtisodiy krizislar va raqobatni ham vujudga keltirdi. Bu borada 
    mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etgan: 
    «...davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini va uning 
    mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sirini e’tiborga olgan holda, bank-moliya 
    tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor vazifa bo‘lib 
    qolmoqda. 
    2010-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi 
    va asosiy ustuvor vazifasi – bu islohotlarni davom ettirish va chuqur-
    lashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-
    2012-yillarga mo‘ljallangan. «Inqirozga qarshi choralar dasturi» ni so‘z-
    siz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror 
    sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’min-
    lashdan iboratdir».
    1
    Bunday sharoitda har bir korxona faoliyatining moliyaviy barqa-
    rorligi, undagi «tijorat siri» muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sharoitda 
    buxgalteriya balansi ma’lumotlari yetarli bo‘lmay qoladi. Buxgalteriya 
    balansi bilan birgalikda boshqa ko‘rsatkichlarni ifodalaydigan hisobotlar 
    ham vujudga kela boshladi va tahlilning ko‘lami kengaydi. Shu 
    vaqtgacha faqat buxgalteriya balansi tahlil qilingan bo‘lsa, endi unga 
    boshqa hisobotlar tahlili ham qo‘shilib «hisobot tahlili» vujudga keldi. 
    Shu tarzda tahlil shakllanib, rivojlanib bordi va mustaqil fan sifatida 
    shakl topdi.
    Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‘ziga 
    xos bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi 
    tarixi bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi 
    va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l 
    bilan iqtisodiy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Tahlil fani 
    rivojlangunga qadar bir qancha evolutsion yo‘llarni bosib o‘tdi. Mazkur 
    evolutsion yo‘l orqali tahlil fani bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan 
    1
    И.Каримов. «Асосий вазифамиз – ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада 
    юксалтиришдир». Т.: «Ўзбекистон» 2010 й. 55-56 б. 


    10
    o‘zining evolutsion rivojlanish yo‘li davomida bir qancha nomlar bilan 
    atalgan. Dastavval, xo‘jalik subyektlarining, asosan, balans ma’lumot-
    larini tahlil etish maqsadiga qaratilganligi bois, tahlil fani «Balans-
    shunoslik» deb yuritila boshlangan, ya’ni balansni o‘rganuvchi, tahlil 
    etuvchi fan deb qaralgan. Bu evolutsion rivojlanish yo‘llari quyidagi 
    ketma-ketlikda ko‘rsatib o‘tilgan. (1-chizma). 
     
    1-chizma. Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot 

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish