• Iqtisodiy tahlil fanining tamoyillari
  • Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    1.6. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari 
    Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tahlil qilish natijasiga 
    asoslanib ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinadi va u tufayli boshqaruv 
    sistemasi boshqariladigan obyektning faoliyatini zaruriyatga qarab 
    o‘zgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. 
    Yangi xo‘jalik yili uchun ishlab chiqilgan reja bu korxonani kelajakda 
    rivojlanishini ta’minlaydigan qarordir. Korxonalarning xo‘jalik faoliya-
    tini tahlil qilish jarayonida korxonada qabul qilingan biznes-rejalarning 
    asoslanganligi tekshiriladi, rejada ko‘zda tutilmagan imkoniyatlar 
    aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini talab 
    darajasiga ko‘taradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini ta’min-
    laydi. Shuning uchun ham rejalashtirish bilan tahlil o‘rtasidagi bog‘liqlik 
    aniq ko‘rinib turadi. Biznes-reja tuzish korxona faoliyatining tahlili bilan 
    boshlanadi va yakunlanadi. Biznes-rejaning aniq va puxta ishlab 
    chiqilishi korxonalarning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratib beradi.
    Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq 
    qilish obyekti deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan tamo-
    yillari mavjud bo‘ladi. Tamoyillar o‘rganiladigan obyektni bir butunligi, 
    realligi va voqeligini tavsiflaydi. Shu jihatdan tahlilning ham iqtisodiy 
    hodisa va jarayonlarni o‘rganishda o‘zi amal qiladigan tamoyillari bor. 
    Mazkur tamoyillar tahlil fani obyektlarining obyektivligini, 
    mantiqliligini, shakl-mazmunini, miqdor-sifatini va shu kabi jihatlarni 
    tavsiflab real voqelikni yagona tushunchasini hosil qiladi. 
    Bu tamoyillarning xalqaro va milliy hisob andozalari asosida 
    quyidagi shakllarini aytib o‘tish mumkin (2-jadval). 


    39
    2-jadval 
    Iqtisodiy tahlil fanining tamoyillari 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish