40
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlil haqiqatdan ham amaliyotda
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan
bo‘ldi. Oldinlari korxonalarning xo‘jalik faoliyati yuqori tashkilot va
davlat nuqtayi-nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa, endilikda bevosita shu
korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egasi nuqtayi-nazaridan tahlil
qilinadigan bo‘ldi, biroq barcha hollarda ham davlatning manfaati
hisobga olinadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ham korxona bilan
davlat o‘rtasidagi aloqalar erkin ravishda o‘zaro manfaatli iqtisodiy
munosabatlarga asoslanadi.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar va mu-
nosabatlardagi bunday o‘zgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar
mazmunini sifat jihatidan yangilashni, tubdan qayta ko‘rib chiqishni
taqozo etmoqda.
Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlaridagi obyektiv zarurat talabi-
dan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi
umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi,
ya’ni ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil
umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir, chunki, obyekt-
larni iqtisodiy tahlil qilish umumiqtisodiy qonunlarga asoslanadi va
umumqabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umumiqtisodiy
nazariya fanida kategoriyalar va atamalarning mohiyati hamda mazmuni
ochib beriladigan bo‘lsa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriyalar va
atamalar fanning usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomondan
o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi katego-
riyasini oladigan bo‘lsak, umumiqtisodiy nazariya fanida ushbu katego-
riyani mohiyati va mazmuni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqla-
nishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtiso-
diy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatki-
chini davrlar, ularning tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga
ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin.
Tabiat, jamiyat va tafakkurni rivojlanishi haqidagi falsafiy
ta’limotlardan ham tahlilda foydalaniladi, ya’ni umumiy rivojlanish,
o‘rganilayotgan jarayonga dialektik qarash va hokazolar.