Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Induksiya metodlari barcha ko‘rsatkichlarning alohida omillarga nisba-
tan o‘zgarishidagi ta’sirchanlikni kompleks baholash uchun qo‘llaniladi. 
Deduksiya yordamida tadqiq etilayotgan natijaviy ko‘rsatkichni shakl-
lantiruvchi butun kompleks omillar tadqiq qilinadi. 
Bilishning dialektik metodiga muvofiq har bir jarayon, har bir 
iqtisodiy hodisani tizim va tizimga o‘zaro bog‘liq elementlar majmuasi 
sifatida ko‘rib chiqish lozim. Bularning har biri uning rivojlanishi uchun 
munosib hissa qo‘shadi. Tizim elementlaridan biriga ichki yoki tashqi 
tavsifidagi ixtiyoriy ta’sir uning boshqa elementlarida ham o‘z aksini 
topadi. Bundan tahlil obyektlarini o‘rganishga tizimli yondashuv zarurati 
kelib chiqadi, bu tadqiqot metodologiyasining yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi. Tizimli yondashuv tahlil obyektini chuqur o‘rganishga, u 
haqda yanada to‘liq va yaxlit tasavvur olishga, bu obyektning alohida 
qismlari o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga imkon beradi. 
Tizimli yondashuvning asosiy xususiyati – dinamizm, o‘zaro 
ta’sir, o‘zaro bog‘liqlik, tizim elementlarining o‘zaro aloqasi, komp-
lekslilik, yaxlitlilik, tobelik, yetakchi bo‘g‘in ajratilishi kabilardir. 


52
Tizimli yondashuv elementlari o‘rganilayotgan hodisalar va jara-
yonlarning maksimal detallashtirish (xususiy tahlil) va ularning tizim-
lashtirilishini ko‘zda tutadi. U yoki bu hodisalarni detallashtirish (tarki-
biy qismlarga ajratish) o‘rganilayotgan obyektda yanada jiddiy va aso-
siysini aniqlash uchun zarur bo‘lgan darajada olib boriladi. U obyekt va 
tahlil maqsadiga bog‘liq. Bu iqtisodiy tahlildagi murakkab vazifa bo‘lib, 
analitikdan iqtisodiy hodisalar mohiyati, shuningdek, ularning rivoj-
lanishini aniqlovchi omil va sabablar haqida aniq bilimlar talab qiladi. 
Tizim elementlarini tizimlashtirish ularning o‘zaro aloqadorligi va 
o‘zaro ta’sirini o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Bu asosiy kompo-
nentlarni, funksiyalarni, tizim elementlari tobeligini aniqlashga, 
o‘rganilayotgan obyekt (tizim) ning taxminiy tuzilishli-mantiqiy tahlil 
modelini tuzishga imkon beradi. Grafik jihatdan u, odatda, rasm ko‘ri-
nishida taqdim etiladi, bu yerda har bir elementga muayyan blok mos 
keladi. Alohida bloklar o‘zaro strelkalar bilan bog‘liq, ular ichki va 
tashqi tizim aloqalari mavjudligi va yo‘nalishini ko‘rsatadi. tuzilishli-
mantiqiy chizmalar asosida matematik bog‘liqlik shakllari belgilanadi, 
tizimning elementlari o‘zaro aloqa o‘rtasidagi tavsiflovchi matematik 
modellar tuziladi, ularning parametrlari aniqlanadi. Tizimlashtirish 
tahlildagi o‘ta mas’uliyatli davr hisoblanadi. Bu jarayonda doimiy omil-
larni tasodifiylaridan ajratish, ko‘plab o‘rganilayotgan omillarning to‘p-
lamidan faoliyat natijalari bog‘liq bo‘lgan asosiylarini aniqlash zarur. 
Iqtisodiy tahlilning yuqorida qayd qilingan tomonlar bilan 
bevosita shartlangan muhim metodologik jihati, korxonaning xo‘jalik 
faoliyatidagi iqtisodiy jarayon va hodisalarning sabab-oqibat aloqalarini 
kompleks, tizimli tadqiq qilish uchun zaruriy sanaluvchi ko‘rsatkichlar 
tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish hisoblanadi. 
Tahlilda tizimli yondashuv bilan bir qatorda vaziyatli yondashuv 
mavjud, unga muvofiq amalga oshirish belgilangan funksiyani inqirozli 
hodisalardan ogohlantirish maqsadida boshqarilishi lozim bo‘lgan vazi-
yat tashkil etadi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yuzaga kelgan vaziyat-
ni baholash va uning istiqbolda rivojlanishini prognozlash zarur. 
Vaziyatli yondashuvning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u tizimli tahlil-
ning asosiy g‘oyalarini rivojlantirib, eng ahamiyatli tizim parametrlarini, 
eng dolzarb omillarni ajratadi, qo‘yilgan maqsadlarga yanada samarali 
usullar bilan erishish mumkin bo‘lganlariga ta’sir ko‘rsatadi. Vaziyatli 
yondashuv hozirgi vaqtda iqtisodiy tahlilni rivojlantirish metodologiya 
va metodikasining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sanaladi. 


53

Download 2,53 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish