55
Omillarning xo‘jalik yuritish natijalariga
va rezervlar hisobiga
ta’sirini o‘rganish uchun tahlilda determinatsiyalashgan va stoxastik
omilli tahlil usullari, iqtisodiy masalani
maqbul yechish metodlari
qo‘llaniladi. U yoki bu usulning qo‘llanilishi tahlilning maqsadi va
chuqurligiga, tadqiqot obyekti, analitik hisoblashlarni
bajarish texnik
imkoniyatlari va boshqalarga bog‘liq.
Iqtisodiy tahlil instrumentariysini takomillashtirish juda katta
ahamiyatga ega va analitik ishlarning asosiy muvaffaqiyati hamda
samaradorligi hisoblanadi. Inson o‘rganilayotgan
hodisalarning mohi-
yatiga qanchalik chuqur kirib borsa, tadqiqotning aniq metodlariga talab
ortadi. Bu barcha fanlar uchun tegishlidir. So‘nggi yillarda fanning
barcha sohalarida tadqiqot metodikasi yanada mukammallashdi. Tadqi-
qotning matematik metodlaridan foydalanish
iqtisodiy fanning muhim
yutuqlaridan biri bo‘lib, korxonaning faoliyati natijalarini belgilovchi
omillarning yanada ko‘lamdor kompleksini tadqiq qilishga imkon
beradi, hisoblashlar aniqligini oshiradi. Uning sharofati bilan ko‘p
o‘lchamli va
maqbul vazifalarni hal qilish, ilmiy asoslangan boshqaruv
qarorlari qabul qilish uchun asos yaratuvchi imkon paydo bo‘ldi.