58
va boshqa turdagi faoliyatini bir butun tizim ekanligi,
uning umumiy
yakuniy natijasi mavjudligi nazarda tutilgan holda faoliyatning turli
tomonlari va elementlari ham alohida, ham birgalikda o‘rganilib,
ularning o‘zaro bog‘liqligi, biri ikkinchisining ta’siridan
kelib chiqishi,
ya’ni ketma-ketligi aniqlanib, barcha omillar asosiy hamda asosiy
bo‘lmagan guruhlarga bo‘linadi va ular o‘zaro uyg‘unlashtirilgan hamda
tizimga solingan holda yakuniy natijaga
omillarning birgalikdagi
bevosita va bilvosita ta’siri hisoblanadi.
Tahlil usullarini qo‘llash o‘rganilayotgan jarayonlarning bir-biriga
bog‘liqligi, o‘zgarish sababi, ta’sir ko‘rsatgan omillar va qo‘shimcha
sabablarni aniqlashga yordam beradi.
Hozirgi raqobatdosh iqtisodiyotda aksariyat yetuk iqtisodchi
olimlarimiz tahlilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarda shartli ravishda
ikki guruhga ajratib ko‘rsatishmoqda. Iqtisodiy
tahlilning usullarini
quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhi.
2. Iqtisodiy - matematik (omilli tahlil) usullar guruhi.
Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqgisodiy tahlil paydo
bo‘lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo‘llanilib
kelayotgan usullar kiritiladi. Ularning tarkibiga mutlaq va nisbiy farqlar-
ni aniqlash, taqqoslash,
guruhlashtirish, balansli bog‘lanish, zanjirli
bog‘lanish, indeks, foizlar va hokazo usullarni kiritishimiz mumkin
bo‘ladi.
Iqtisodiy-matematik usullarni yuzaga kelishi
esa iqtisodiy axborot-
larni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarini
rivojlanishi bilan bog‘liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash
va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv
xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalarni tez va aniq hal qi-
lishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrelatsiya,
regressiya, integral,
nazariy o‘yin, matematik dasturlash va shu kabilar iqtisodiy-matematik
usullarga misol bo‘ladi.
Xo‘jalik jarayonlarini o‘rganish, tahlil etishda yangi usul va vosita-
lardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo‘na-
lishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda tahlilda qo‘llaniladigan iqtiso-
diy-matematik usullarni ham ushbu qatorga kiritish mumkin (3-jadval).