54
istiqbolda ularning ta’siri aniqlanadi, korxona maqsadlariga erishishda
foydalanilmagan imkoniyatlar hisoblanadi va shuning asosida erishilgan
natijalarni baholash amalga oshiriladi;
6) yuzaga kelgan vaziyatda korxona
rivojlanishining ehtimoliy
ssenariysi ko‘rib chiqiladi, fan va amaliyot sohasida yangiliklarni
o‘rganish negizida korxona mehnat unumdoligini
oshirishning mavjud
zaxiralari baholanadi;
7) qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan strategik va
taktik boshqaruv qarorlari qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi;
qabul qilinayotgan qarorlarning ehtimoliy oqibatlari, ishlab chiqarish va
moliyaviy risklar darajasi baholanadi;
korxonaning operativ, joriy va
istiqbolli rejalari aniqlanadi.
Analitik tadqiqotlarni bajarishning bunday ketma-ketligi iqtisodiy
tahlil nazariyasi va amaliyoti nuqtayi nazaridan yanada maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Analitik tadqiqotning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan tahlilning
texnik uslublari va usullari (tahlil instrumentariysi)
iqtisodiy tahlil
metodikasining eng muhim elementi hisoblanadi (3-chizma).