Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

2.2. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning 
asosiy elementlari tavsifi 
 
Fan metodologiyasi o‘zida predmetini anglashga yo‘naltirilgan 
tamoyillar, usullar va metodlar, qoidalar tizimini aks ettiradi. Bilish fao-
liyati jarayonini yaxlit tadqiq etuvchi anglash nazariyasidan metodo-
logiya shunisi bilan farq qiladiki, u anglash metodlariga ko‘proq diq-
qatni qaratadi. Agar fan nazariyasi o‘zida bilish jarayoni natijasini aks 
ettirsa, u holda metodologiya ushbu bilimlarga erishish usuli va tadqiqiy 
faoliyatga yo‘naltiruvchi asos sanaladi. Fan metodologiyasining asosiy 
tarkibiy qismlari – bu predmetni o‘rganish yondashuvining umumiy 
tamoyillarini va uni tadqiq etishning aniq metodikasini ishlab chiqishdir. 
Turli fanlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan o‘z predmetini o‘rganishga 
yondashuv usullari (jumladan, iqtisodiy tahlil ham) bilishning umumiy 
dialektik metodiga asoslanadi. 
Bilishning dialektik metodi barcha hodisa va jarayonlarni uzluksiz 
harakatda, o‘zgarish va taraqqiyotda ko‘rib chiqish zaruratidan kelib 
chiqadi. Hech narsa o‘z o‘rnida turmaydi, barchasi oqadi, barchasi o‘zg-
aradi. Har kun, har soat, har daqiqada korxona iqtisodiyotida o‘zgarish 
sodir bo‘lib, ular taqqoslash jarayonida anglanadi. Muntazam taqqos-
lashning zarurati – iqtisodiy tahlil xarakterli jihatlaridan biridir. Taqqos-
lash iqtisodiy tahlilda juda keng qo‘llaniladi: faoliyatning haqiqiy 
natijalari o‘tgan yillar natijalari bilan, boshqa korxonalarning erishgan 
yutuqlari, maqsadli va prognoz parametrlar, me’yoriy ma’lumotlar va 
boshqalar bilan taqqoslanadi. 
Dialektik metod tamoyillari bilan mutanosiblikda har bir jarayon, 
har bir hodisa qarama-qarshilik kurashi va birligi sifatida ko‘rib 
chiqilishi zarur. Bu tamoyil har bir jarayon, har bir hodisaning ichki 
qarama-qarshiligi, ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganish zaruratini 
taqozo etadi. Bu ham iqtisodiy tahlilning tavsifli qirralaridan biridir. 
Masalan, texnik yangilanishlar mehnat unumdorligini o‘sishi, rentabellik 
va boshqa ko‘rsatkichlar darajasi oshishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, lekin 
bunda uning atrof-muhit iqtisodiy tahlilni ifloslantirishi kabi salbiy 
oqibatlarini ham yodda tutish lozim. Tahlilda dialektik metoddan 
foydalanish korxonaning xo‘jalik faoiyatini o‘rganish barcha o‘zaro 
bog‘liqliklarni hisobga olgan holda olib borishi lozimligini anglatadi. 
Hech bir hodisa agar u boshqalardan ajratilgan holda o‘zaro aloqador-
likda olinmasdan ko‘rib chiqilsa, to‘g‘ri tushunilishi mumkin emas. Mi-


51
sol uchun, yangi texnikani joriy etishning mahsulot ishlab chiqarish tan-
narxi darajasiga ta’sirini o‘rganishda nafaqat bevosita, balki bilvosita 
aloqani ham hisobga olish zarur. Ma’lumki, yangi texnika joriy etilishi 
bilan ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ham 
oshadi, lekin, bu holat mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu esa, ish haqidan tejalishiga va shu omil tufayli mahsulot 
ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga olib keladi. U yoki bu iqtisodiy 
hodisani anglash va to‘g‘ri baholash uchun barcha o‘zaro aloqalarni 
boshqa hodisalar bilan bog‘liqligini o‘rganish zarur. Bu ham iqtisodiy 
tahlilning metodologik jihatlaridan biridir. 
Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri uning nafaqat 
sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish, balki ularga miqdoriy tavsif berishi, 
ya’ni faoliyat natijalariga omillar ta’sirini miqdoran o‘lchashni ta’min-
lash sanaladi. Bu analitik tadqiqotlar darajasini oshiradi. 
Tahlilda sabab aloqalarini o‘rganish va o‘lchashni induksiya va 
deduksiya metodi bilan amalga oshirish mumkin. Mantiqiy induksiya 
ko‘magida sabab aloqalarini o‘rganish usuli shundan iboratki, tadqiqot 
xususiydan umumiy tomon, xususiy dalillardan umumlashtirish, sabab-
dan natija tomon olib boriladi. Deduksiya – shunday usulki, bunda tad-
qiqot umumiy dalillardan xususiyga, natijalardan sababga tomon amalga 
oshiriladi. Iqtisodiy tahlilda ham bu yondashuvdan foydalaniladi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish