Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan taqqoslashning asosiy turlari Taqqoslash turlari Taqqoslash maqsadi 1. Ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi dara-
jasini reja ma’lumotlari bilan qiyoslash
Reja bajarish darajasini nazorati va
baholash, uni jadallik darajasini,
foydalanilmagan ichki xo‘jalik
rezervlarini aniqlash
2. Ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi dara-
jasini tasdiqlangan me’yor va standartlar
bilan qiyoslash
Resurslardan tejamli foydalanishni
nazorat qilish
3. Ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi
darajasini o‘tgan yillar ma’lumotlari bilan
qiyoslash
Iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning
rivojlanish tendensiyalari va
sur’atlarini belgilash
4. Tahlil qilinayotgan korxonaning
ko‘rsatkichlar darajasini sohaning yetakchi
korxonalar faoliyati ko‘rsatkichlari bilan
qiyoslash
Korxonaning raqobatdoshligini
baholash va uning faoliyati natijalarini
yaxshilash rezervlarini aniqlash
5. Tahlilga tortilgan korxonaning
ko‘rsatkichlar darajasini sohaning
korxonalar faoliyati o‘rtacha
ko‘rsatkichlari bilan qiyoslash
Bozordagi o‘sha sohaning boshqa
korxonalari o‘rtasidagi korxonaning
holatini aniqlash va uni
raqobatdoshligi va tadbirkorlik
risklarini baholash
6. Parallel va dinamik qatorlarni qiyoslash
O‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasida
aloqa shakllari mavjudligi va
yo‘nalishini belgilash
7. Boshqaruv qarorlari turli variantlarini
qiyoslash
Qarorning yanada optimal variantini
tanlash
8. Qandaydir omil o‘zgarishidan avvalgi
va keyingi faoliyat natijalarini qiyoslash
Faoliyat natijalari ta’sirchanligiga
o‘rganilayotgan omillar o‘zgarishi
darajasini baholash
9. Tadqiq etilayotgan davrda turli
ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini
qiyoslash
Tahlil qilinayotgan korxona sharoitida
iqtisodiy qonunlar namoyon bo‘lishi
xarakterini o‘rganish
10. Turli davrda bir ko‘rsatkichning o‘sish
sur’atini qiyoslash
Bir soat, smena, ish kuni, yil davomida
resurslardan foydalanish to‘liqligiga
ularning ta’sirchanligini baholash
Avval qayd qilinganidek, iqtisodiy tahlilning vazifalaridan biri
tizimli nazorat va qo‘yilgan maqsadlarga erishish bo‘yicha korxonalar
faoliyatini har tomonlama baholash hisoblanadi. Bunda haqiqatdagi
ma’lumotlarni rejadagi bilan taqqoslash zarurligigashartlangan. Bunday
62
taqqoslash oy, chorak yoki yil rejasini bajarish darajasini aniqlashga,
mo‘ljal parametrlardan og‘ishni aniqlash, yechimini talab qiluvchi
muammolarni aniqlashga imkon beradi.
5-jadval -----oy uchun mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejaning