64
Iqtisodiy tahlilda ham haqiqatda erishilgan natijalarni o‘tgan davr
ma’lumotlari bilan taqqoslash juda ko‘p qo‘llaniladi. Bu o‘rganilayotgan
ko‘rsatkichlar o‘zgarishlariga oid sur’atlarni
baholashga va iqtisodiy
jarayonlar rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlashga
imkon beradi.
9-jadval
Asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi
Mahsulotlar ishlab
chiqarish hajmi
Ishchilar soni
Bir ishchi tomonidan
ishlab chiqarilgan
mahsulot
Yillar
mln.
so‘m
bazis yilga
nisbatan
% da
kishi
bazis
yilga
nisbatan
% da
ming
so‘m.
bazis
yilga
nisbatan
% da
2003
830
-
1094
-
758,7
-
2004
910
9.6
1087
-0.7
837,2
+10,3
2005
930
2.2
1075
-1.2
865,1
+3,3
2006
1150
1.2
1064
-1.1
1080,8
+24,9
2007
1200
4.3
1000
-6.1
1200,0
+11,0
9-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mahsulot
ishlab chiqarish hajmi
o‘sish, ishchilar soni esa kamayish tendensiyasiga ega. Bu o‘sish va
kamayish mehnat unumdorligini bazis yilga nisbatan ortishiga sabab
bo‘lgan.
Korxonada tegishli ko‘rsatkichlarni texnika, texnologiya va ishlab
chiqarishni tashkil qilish sohasida erishilgan eng yaxshi natijalar bilan
taqqoslash biznes samaradorligini oshirish rezervlarini izlashga yo‘nal-
tirilgan bo‘ladi. Bunda ichki korxona va korxonalararo taqqoslash
bo‘lishi mumkin. Korxonaning ichida ko‘rsatkichlarning o‘rtacha dara-
jasini uning alohida segmentlari yutuqlari bilan taqqoslash ishlari olib
boriladi va ularning muvaffaqiyati sabablari o‘rganiladi.
Korxonalararo
qiyosiy tahlil
jarayonida tahlil qilinayotgan korxonaning ko‘rsatkichlari
mavjud eng yaxshi natijalarga, xo‘jalik yuritishning bir xil boshlang‘ich
sharoitlariga ega yetakchi korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
Tahlil qilinayotgan korxonaning faoliyat natijalarini raqobatdosh
korxonalar ma’lumotlari bilan taqqoslash katta ahamiyatga ega.
Korxonalararo taqqoslash quyidagi maqsadda olib boriladi:
• korxona va o‘xshash korxonalardagi faoliyat natijalari qanday
nisbatlanishini rahbariyatga ko‘rsatish;
• biznesning kuchli va kuchsiz tomonlariga rahbariyat e’tiborini
jalb qilish;
65
• korxonaning faoliyat samaradorligini baholash va uning stra-
tegik va taktik siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun rahbariyatga obyektiv
baho berish.
Korxonalararo qiyosiy tahlil sohasida eng so‘nggi yutuq bu –
benchmarking
. Bu nafaqat xususiy sohaning,
balki boshqa sohalardagi
fan va amaliyot yutuqlariga asoslangan yetilib kelayotgan muammolar
haqida oldindan ogohlantiruvchi tizimdir. U raqobatda ustunlikka
erishish va uni saqlash uchun talab qilingan axborotlarni olish
instrumenti sifatida foydalaniladi. Benchmarking korxona va yetakchilar
o‘rtasida erishilgan natijalardagi tafovut mohiyatini tushunishga
ko‘maklashadi. Menejerlarni yangiliklarni
izlashga yanada undaydi,
innovatsion faoliyat uchun baza hosil qiladi. Yuqori rahbariyatga
xususiy biznesda strategik va taktik boshqaruv qarorlari bo‘yicha ortda
qolishni bartaraf etishga maqbullashtirishga, mahsulot va xizmatlar
bozorida yetakchi o‘rin egallashga ko‘maklashadi.
Korxonalarni taqqoslash
bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin
.
Raqobat va tijorat siri tufayli raqobatdosh korxonalar kamdan-kam
axborot ayirboshlashadi. Shuning uchun bir korxonaning holati bilan
boshqasiniki o‘rtasida bevosita taqqoslash o‘tkazish doimo ham mumkin
bo‘lmaydi – odatda, muayyan soha bo‘yicha e’lon qilingan o‘rtacha
statistik ma’lumotlarga yoki aksionerlik jamiyati va mas’uliyati
cheklangan jamiyat hisobotiga asoslangan bilvosita taqqoslash bilan
cheklanishga to‘g‘ri keladi.
Tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarining haqiqatdagi
darajasini soha bo‘yicha (vazirlik,
birlashma, konsern) o‘rtacha
ko‘rsatkichlar bilan
qiyoslash ham iqtisodiy tahlilda katta ahamiyatga
ega. Bunday taqqoslash tahlil qilinayotgan ushbu sohaning, korxonaning
boshqa xo‘jalik subyektlari o‘rtasida reytingini aniqlash, korxonaning
rivojlanishi darajasini yanada to‘liq va obyektiv baholash, uning xo‘jalik
faoliyati natijalarini belgilovchi umumiy va o‘ziga xos omillarni
o‘rganish, operatsion va moliyaviy risk darajasini baholash uchun zarur.
Parallel
va dinamik qatorlarni qiyoslash turli ko‘rsatkichlar
o‘rtasida aloqa shakllari va yo‘nalishlarini aniqlash va asoslash uchun
foydalaniladi. Shu maqsadda ko‘rsatkichlardan birini tavsiflovchi
raqamni o‘suvchi yoki kamayuvchi tartibda ranjirlash va shunga bog‘liq
ravishda boshqa tadqiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni qay tarzda
o‘zgarishini ko‘rib chiqish zarur.
10-jadvalda qishloq xo‘jalik ekinlari va tuproq hosildorligi
66
bo‘yicha tumanning 10 fermer xo‘jaligiga oid ranjirlangan ma’lumotlar
keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarni o‘rganish o‘rganilayotgan ko‘rsat-
kichlar o‘rtasida chambarchas aloqa mavjudligini tasdiqlaydi:
tuproq
sifati oshganda don ekinlari hosildorligi o‘sadi.
10-jadval