• Uzoq muddatli aktivlar 251184 73,7 265548 71,7 14364 -2,0 5,7 Joriy aktivlar
  • Pul mabag‘lari va qimmatli qogozlar 834 0,2 - - -0,2 0,0 d Debitorlar
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
    Yil boshida 
    Yil oxirida 
    O‘zgarishi (+,-) 
    № 
     
    Mol-mulkning 
    tarkibi 
    Ming 
    so‘m 

    Ming 
    so‘m 

    Ming 
    so‘m 

    Yil boshiga 
    nisbatan % 
    1 Uzoq muddatli 
    aktivlar 
    251184 73,7 265548 
    71,7 
    14364 
    -2,0 
    5,7 
    Joriy aktivlar 
    89545 
    26,3 104694 
    28,3 
    15149 
    2,0 
    16,9 

    Shu jumladan: 
    a Tovar moddiy 
    zaxiralar 
    7946 
    2,3 
    12216 
    3,3 
    4270 
    1,0 
    53,7 

    Pul mabag‘lari va 
    qimmatli 
    qogozlar 
    834 
    0,2 


    -0,2 
    0,0 
    d Debitorlar 
    80765 
    23,7 
    92478 
    25,0 
    11713 
    1,3 
    14,5 
    Balans aktivining 
    jami: 
    340729 100 
    370242 
    100 
    29513 
    0,0 
    8,7 
     
    Ushbu jadvalda «Mustaqillik» fermer xo‘jaligining mulki, ham 
    mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilingan. 
    Xo‘jalik faoliyati tahlilida nisbiy kattalikning turli shakllari 
    qo‘llaniladi: makoniy taqqoslash, rejaviy topshiriq, reja bajarilishi, 
    dinamika, struktura, koordinatsiya, intensivlik, samaradorlik. 
    Makoniy taqqoslash nisbiy kattaligi ayni bir davr yoki bir vaqt 
    momenti bo‘yicha olingan turli obyektlarga tegishli ko‘rsatkichlarning 
    darajasini taqqoslash natijasida olinadi. 
    Rejaviy topshiriqni taqqoslash nisbiy kattaligi ko‘rsatkichni joriy 
    yil rejaviy darajasining o‘tgan yil haqiqatdagi yoki 3-5 yil oldingi 
    o‘rtachasi darajasiga nisbatini o‘zida aks ettiradi. 
    Reja bajarilishi nisbiy kattaligi – ko‘rsatkichning hisobot davrining 
    haqiqatdagi va rejaviy darajasi o‘rtasida foizlarda ifodalangan nisbatida 
    ifodalanadi. 
    Dinamika nisbiy kattaligi qandaydir vaqt oralig‘ida ko‘rsatkich-
    larning o‘zgarishlarini tavsiflash qo‘llanilishi uchun va joriy davr 
    ko‘rsatkichlari kattaliklarini uni oldingi davr (oy, kvartal, yil) darajasiga 
    bo‘lish yo‘li bilan aniqlaydi. Ular o‘sish sur’ati deb aytiladi va odatda, 
    foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Dinamikaning nisbiy kattaliklari 
    bazis va zanjirli bo‘lishi mumkin. 


    74
    Struktura ko‘rsatkichi – bu qismning umumdagi ulushi (solishtirma 
    salmog‘i) bo‘lib, foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Misol uchun
    umumiy ekin maydonida donli ekinlar solishtirma salmog‘i, korxo-
    naning xodimlari umumiy miqdorida ishchilarning solishtirma salmog‘i, 
    korxonaning aktivlari shakllanishida o‘z kapitalining solishtirma sal-
    mog‘i va shu kabilar. 
    Koordinatsiya nisbiy kattaligi bir qism va umumiy ko‘rsatkichning 
    o‘zaro nisbatini o‘zida aks ettiradi, misol uchun asosiy ishlab chiqarish 
    fondlarining aktiv va passiv qismlari, o‘z hamda qarz kapitali va 
    boshqalar. 
    Intensivlik nisbiy kattaligi biror hodisaning muhit bilan mutano-
    siblikda rivojlanishi darajasini ko‘rsatadi. Misol uchun, xodimlar va 
    ishchilar tarkibida yuqori malakali ishchilar foizini oshib borishi va shu 
    kabilar.
    Samaradorlik nisbiy kattaligi  bu foydalilikni resurslar yoki xara-
    jatlar bilan nisbatini ifodalab beradi. Misol uchun, mahsulot sotishdan 
    olingan foydani ishlab chiqarish xarajatlarining bir birligiga to‘g‘ri 
    kelishi va hokazo. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish