Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

O‘rtacha 
kvadratik 
N
X
X
2
S
=
Oddiy arifmetik o‘rtachani yanada 
aniqlikda hisoblab topish uchun 
zarur. 
ITda o‘rtacha miqdordan foydalanishda ommaviy ma’lumotlarga 
asoslangan holda hodisalarning umumlashma tavsifini berishini hisobga 
olish lozim. Ularning kuchi ham, nuqsoni ham shunda. Ko‘pincha 
yomon bo‘lmagan umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar ichida yomon 
ishlovchi brigada, sex va boshqa xo‘jalik bo‘linmalari natijalari yashirin 
bo‘ladi. O‘rtacha olingan ma’lumotlarda korxonaning alohida segment-
lari yutuqlari ham ko‘rinmaydi. Shuning uchun tahlilda ularni o‘rtacha 
guruh, ayrim hollarda esa individual ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirib, 
o‘rtacha miqdor mazmunini yoritish zarur. 
 


76
2.8. Guruhlashtirish usuli 
Iqtisodiy tahlil korxona faoliyatida ko‘p sonli voqeliklarni guruh-
lashtirish usuli bilan tartibga solib o‘rganadi. Bunda voqeliklarni 
ijtimoiy-iqtisodiy tabiati chuqur tadqiq etilib, ularning bir turdagi 
xususiyatlari, jihatlari va miqdorlari aniqlanib, shu mezonlar bo‘yicha 
guruhlar va kichik guruhlarga ajratiladi. Ta’kidlash kerakki, voqeliklar 
tasodifiy belgilariga ko‘ra guruhlarga bo‘linmaydi. Bu holat tahlil 
natijalariga jiddiy ta’sir etadi.
Voqeliklarni tashkil etuvchi tarkib, tuzilish hamda tartibi ularning 
o‘zgarish sababi hamda o‘zgartiruvchi asosiy omillarining birgalikda 
yuzaga chiqishi hamda o‘zaro bog‘liqligi asosida ko‘rsatkichlarni 
guruhlashtirish uchun ilmiy asoslangan belgilar topiladi. Xo‘jalik 
jarayonlarini belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish bilan har bir guruhga 
tegishli boshqa voqeliklarni aniqlash, o‘rganish, ularning o‘ziga xos 
tomonlarini topish hamda guruhdagi turli voqeliklarni o‘zaro aloqalari, 
bog‘liqliklari va ta’sirini bilish, shu asosda guruh bo‘yicha bir necha 
jarayonlarning birgalikdagi rivojlanishining yo‘nalishi hamda qonuniy-
ligi aniqlanadi. Demak, korxona faoliyatidagi voqeliklarni tuzilishi va 
o‘zaro bog‘liqliklarini o‘rganish maqsadida barcha ko‘rsatkichlarni 
ilmiy asoslangan belgilariga ko‘ra ajratib, ajralgan muayyan bo‘lakga 
tegishli voqeliklarni alohida tarzda o‘rganish usuli guruhlashtirishning 
mazmunini tashkil etadi. Shu joyda ta’kidlab o‘tish kerakki, alohida 
olingan guruhlarni o‘rganish natijasida olingan xulosalar iqtisodiy 
tahlilda belgilab olingan umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib 
sintez qilinadi. 
Iqtisodiy tahlilda guruhlashtirish maqsadi va vazifasiga ko‘ra: 
tipologik, tuzilish va omilli guruhlarga ajratiladi. 
Tipologik guruhlashtirish – bir turdagi voqeliklarni umumiy belgi 
bo‘yicha bo‘laklarga ajratishdir. Misol uchun, korxonalarni mulkchilik 
shakli bo‘yicha (davlat, qo‘shma, AJ, xususiy va shu kabilar) yoki 
korxonadagi barcha xodimlarni (asosiy va yordamchi ishchilar, injener-
texnik xodimlar, xizmatchilar va shu kabilar) kategoriyalari bo‘yicha 
guruhlashtirish. 
Tuzilish bo‘yicha guruhlashtirish - ko‘rsatkichlarni ichki tuzilishi va 
ularning alohida qismlarini mutanosibligini o‘rganishga qaratilgan. 
Umumiy ishchilar tarkibida - ishchilarning malakasi, ma’lumoti, ish 
staji, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha o‘rganish ushbu guruh-
lashtirishga misol bo‘la oladi. 


77
Omilli (analitik) guruhlashtirish natijaviy ko‘rsatkichga (oqibat) 
ta’sir qiluvchi omil (sabab) bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunday analitik 
guruhlashtirishda voqeliklarning bir-birlariga bog‘liqliklarini o‘rganish 
maqsadida ko‘rsatkichlar birinchisi ikkinchisini keltirib chiqaruvchi 
taribda tuziladi, ya’ni birinchi ko‘rsatkich ikkinchi ko‘rsatkichga ta’sir 
etuvchi omil, o‘z navbatida ikkinchi ko‘rsatkich birinchi ko‘rsatkich 
ta’sirining natijasidir. Misol uchun, guruhdagi xodimlarning ish staji
ularning oylik maoshini o‘zgarishiga ta’sir etadi yoki ishlab chiqarish 
jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomoni-
dan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini oshirishga keskin ta’sir 
etadi.
17-jadval 

Download 2,53 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish