• 2.10. Iqtisodiy tahlilda grafik usuldan foydalanish
  • Tovar aylanish hajmi tahlili




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Tovar aylanish hajmi tahlili 
    Tovar hajmi, mln. so‘m. 
     
    Ko‘rsatkichlar 
    Reja 
    Haqiqatda 
    Rejadan 
    farqi 
    (+;-) 
    Tovar aylanishi 
    dinamikasiga 
    ta’siri (+;-) 
    Yil boshiga tovar zaxi-
    ralarining qoldig‘i (T
    yb

    104 
    130 
    +26 
    +26 
    Yil davomida tovarlarning 
    kirimi (T
    k

    1200 
    1298 
    +98 
    +98 
    Tovarlarning yil oxiriga 
    qoldig‘i (T
    yo

    50 
    57 
    +2 
    -2 
    Tovar aylanishining hajmi 
    (Ta) 
    1254 
    1371 
    +117 
    +117 
    Ba’zan balans usuli alohida omillarning natijaviy ko‘rsatkichining 
    o‘sishiga ta’sir kattaliklarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Masalan, uch 
    omilning ikkitasini ta’siri ma’lum bo‘lsa, u holda uchinchisi ta’sirini 
    natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sishidan dastlabki ikki omillarning 
    ta’siri natijasini chiqarib tashlab aniqlash mumkin. 
    2.10. Iqtisodiy tahlilda grafik usuldan foydalanish 
     
    Grafiklar ko‘rsatkichlar va sonlarning geometrik belgilar (chiziq-
    lar, to‘g‘ri burchaklar, aylanalar) yoki shartli-badiiy figuralar yordamida 
    masshtabli tasvirini o‘zida aks ettiradi. Ular katta illustrativ ahamiyatga 
    ega. Ular vositasida o‘rganilayotgan material yanada tushunarli bo‘ladi. 
    Tahlilda grafiklarning analitik ahamiyati katta. Jadval materiali-
    dan farqli ravishda grafik o‘rganilayotgan hodisaning holati yoki 
    rivojlanishiga oid umumlashma tasvir beradi. Bu bilan raqamli axborot 
    vositasida mavjud qonuniyatlarni ko‘rib qayd qilish imkoniyati mavjud 


    80
    bo‘ladi. Grafikda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning tendensiyalari va 
    aloqa yanada ravshan kuzatiladi. 
    Iqtisodiy tahlilda axborotlarni grafik shakliga keltirishda asosan 
    diagrammalar qo‘llaniladi. O‘z shakli bo‘yicha ular ustunli, chiziqli, 
    aylana, zanjirli, nuqtali, silindrik, konus, piramidali bo‘ladi. Mazmuniga 
    ko‘ra diagrammalar taqqoslash, strukturali (sektorli), dinamik, aloqa 
    grafigi, nazorat grafigi tarzida farqlanadi 
    Taqqoslash diagrammalari turli obyektlarni qandaydir ko‘rsatkich 
    bo‘yicha nisbatini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun yanada 
    oddiy ko‘rgazmali grafiklarlardan, ustunli va chiziqli diagrammalardan 
    foydalaniladi. Ularni tuzish uchun to‘g‘ri burchakli koordinat tizimlari 
    qo‘llaniladi. Ustunli diagrammalarda abssissa o‘qlari barcha obyektlar 
    uchun bir xil hajmda ustunlar asosiga joylashtiriladi. Konus, silindr yoki 
    piramida ko‘rinishida ma’lumotlar markerlari diagrammalarga yanada 
    yaxshi shakl beradi. 
    Ba’zan taqqoslash diagrammalari kvadrat yoki aylana ko‘rinishida 
    keltiriladi, ularning maydoni ko‘rsatkichlarning kattaligiga mutanosib 
    taqsimlanadi. 
    Strukturali (sektorli) diagrammalar ko‘rsatkichning umumiy 
    kattaligida tarkibiy qismlarning solishtirma salmog‘ini ifodalashga 
    imkon beradi. Ularda ko‘rsatkichning tasviri sektorlarga ajratilgan 
    geometrik figuralar (kvadrat, aylana, halqa) ko‘rinishida beriladi, 
    maydoni 100 yoki 1 deb olinadi. Kattalik sektori qismlar solishtirma 
    og‘irligi bilan aniqlanadi. Halqali diagramma aylanaga o‘xshash, lekin 
    undan farqli o‘laroq bitta emas, balki bir nechta ma’lumotlar qatorini aks 
    ettirishi mumkin. 
    Tahlilda bir vaqtda hodisalarning hajmi va ularning strukturasini 
    aks ettirish uchun ustunli va chiziqli diagrammalar keng qo‘llaniladi. 
    Dinamika diagrammalari mutanosib vaqt oralig‘ida hodisalarning 
    o‘zgarishlarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu maqsadda gis-
    togrammalar, chiziqli, figurali va boshqa grafiklar qo‘llaniladi. Ama-
    liyotda chiziqli grafiklar ko‘proq qo‘llaniladi. Dinamika ushbu grafikda 
    jarayonning uzluksizligini tavsiflovchi chiziqlar ko‘rinishida keltiriladi. 
    Abssissa o‘qlariga davrlar, ordinata o‘qlariga – qabul qilingan 
    masshtabdan kelib chiqib mutanosib vaqt kesimida ko‘rsatkichlarning 
    darajasi joylanadi. 
    Chiziqli grafiklar (aloqa grafiklari) ham ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi 
    aloqalarni o‘rganishda juda keng qo‘llaniladi. 


    81
    Nazorat grafiklari iqtisodiy tahlilda reja bajarilib borishiga oid 
    ma’lumotlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu holatda grafikda ikki 
    chiziq bo‘ladi: har bir kun yoki boshqa vaqt kesimi uchun ko‘rsatkich-
    larning rejaviy va haqiqatdagi darajasi, ular o‘zaro taqqoslandi. 
    Zamonaviy kompyuter texnologiyalari ma’lumotlarni qayta 
    ishlash jarayonida grafik tuzishni ancha osonlashtiradi va kontrast, 
    masshtab, estetik jihatidan ularning sifatini oshiradi. Hozirgi vaqtda 
    analitika vazifasi – ma’lumotlarni grafik taqdim etishning yanada qulay 
    shakllarini tanlashdan iborat. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish