|
Zanjirli bog‘lanish usulining jami material xarajati o‘zgarishigaBog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv docZanjirli bog‘lanish usulining jami material xarajati o‘zgarishiga
ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda qo‘llanilishi
Ko‘rsatkichlar
Biznes-reja
ma’lumotlari
Haqiqatdagi
ma’lumotlar
Farqi
(+,-)
1. Material miqdori, dona
30
32
+2
2. Bir dona materialning
bahosi, ming so‘m
92,0
90,0
-2,0
3. Material xarajati, ming so‘m
2760,0
2880,0
+120,0
1. Birinchi omilni o‘zgarish holati olinadi (32 dona), ikkinchi omil
shartli o‘zgarmas deb qaralib (92,0 ming so‘m), u xolislantiriladi.
92,0*32=2944,0 ming so‘m
Ushbu tartib bilan shartli material xarajati ko‘rsatkichi (2944,0 ming
so‘m) hisoblab topildi.
Material xarajatlarning biznes-rejadan ortiq sarflanishiga:
2. Material miqdorini me’yordan ortiqcha sarflanganining ta’siri:
(92,0*32) – (92,0*30)=+184,0 ming so‘m
Material miqdorini me’yordan +2,0 (32–30) dona ko‘p sarflanishi
+184,0 ming so‘mga xarajatni oshirgan.
3. Bir dona material bahosining o‘zgarishi ta’siri:
(90,0*32) – (92,0*32) = - 64,0
Bir dona material bahosining -2,0 (92,0–90,0) ming so‘mga
o‘zgarishi – 64,0 ming so‘mga jami material xarajatini oshirgan.
4. Ikkala omilning ta’siri:
+184,0 – 64,0 = 120,0 ming so‘mga teng.
83
Zanjirli bog‘lanish usulida faqat natijaviy ko‘rsatkichga faqat ikki
omil ta’sir miqdori o‘rganilmaydi, balki uch va undan ko‘p bo‘lgan
omillarning ta’siri ham hisob-kitob qilinadi. Ushbu hisob-kitob modelini
20-jadvalda ko‘rsa bo‘ladi.
(A
1
-A) - (A
2
-A
1
) - (A
3
-A
2
) - (A
4
-A
3
) = A
4
-A
Ushbu modelni aniq misolda o‘rganib chiqamiz. Ma’lumki,
mahsulot hajmi o‘zgarishiga ishchilar soni, ishlangan kishi kunlari,
soatlari, bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi kabi omillar ta’sir
qiladi. 21-jadvalda mahsulot hajmi o‘zgarishiga qayd etib o‘tilgan
omillar ta’sir miqdori hisoblanib topiladi.
20-jadval
|
| |