• Bunday amalga
  • Iqtisodiy manbalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Iqtisodiy manbalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari 
    bilan ajralib turadi: 
    · Hujjatlashganligi – barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir 
    bo‘lishi bilan tegishli boshlang‘ich hujjatlarda qayd etiladi hamda 
    axborot sifatida rasmiylashadi.
    · Turli-tumanligi – hodisa va voqealar ko‘pgina manbalarda qayd 
    etilib, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir- biridan farqlanadi.
    · Ommaviyligi va hajmining kengligi – ko‘pgina iqtisodiy 
    axborotlar tegishli shaklga ega bo‘lganligi, hisobot shakllarining yuqori 
    organlar tomonidan tasdiqlanilganligi ularni tushunishni, bilishni 
    osonlashtiradi. 
    · Ma’lum davrlarda takrorlanib turishligi – tasdiqlangan me’yoriy 
    hujjatlar muntazam to‘lg‘azilib tegishli tashkilotlarga topshirilish ko‘zda 
    tutiladi, hisobot davrlari – choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga 
    bo‘linib axborotlar tuziladi. 
    · Qonunlashganligi va chegaralanganligi – barcha iqtisodiy 
    axborotlar davlat tashkilotlari, moliya vazirligi, makroiqtisod vazirligi 
    va soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarga asoslanib tuziladi. 
    Bozor iqtisodi sharoitida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim 
    ma’lumotlar boshqalar uchun maxfiy bo‘lib, faqat egasining ruxsati 
    bilan e’lon qilinishi mumkin. 
    · Ko‘p qirraliligi va sermazmunligi – iqtisodiy axborotlar miqdoriy 
    va qiymat o‘lchamlarida ko‘rsatiladi, boshlang‘ich hujjatlarda korxona 


    96
    nomi, imzo chekuvchilarning nasl-nomasi, davri va mahsulotlarning 
    turlari ko‘rsatilgan holda rasmiylashadi. 
    Iqtisodiy ma’lumotlarning aksariyat qismini hisob axborotlari tash-
    kil etib, buxgalteriya, statistika va tezkor hisoblar majmuidan iboratdir.
    Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari iqtisodiy tahlil axborotlari 
    tarkibida 70 foizdan ortiq salmoqni egallaydi.
    Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim: 
    1. Haqqoniylik va xolisonalik tamoyiliga amal qilinadi. 
    2. Manbalar tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo‘lmog‘i 
    lozim, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar 
    mazmunini to‘liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak. 
    3. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq 
    o‘lchamda aks ettirilishi lozim. 
    4. Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saqla-
    nadi hamda ulardagi axbarotlar bir-birini to‘ldirib turishini taqozo etadi. 
    5. Manbalarga kiritilgan ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va 
    aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir. 
    Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning 
    aniq bajarilishi, sermazmun bo‘lishligiga imkon yaratadi.
    Xo‘jalik faoliyatini avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida 
    tashkil etish deyilganda, elektron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) 
    yordamida va iqtisodiy matematik usullarni qo‘llagan holda ishlab 
    chiqarishning muhim sohalarini aniq va to‘g‘ri boshqarish vazifalarini 
    amalga oshirish maqsadida tashkil etish tushuniladi. Bunday amalga 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy manbalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish