• 1. Texnik (yuzaki) tekshirish. 2. Mazmun jihatidan tekshirish.
  • Mazmun jihatidan tekshirish
  •  Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to‘g‘riligini




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
    3.4. Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to‘g‘riligini 
    tekshirish usullari 
    Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbalarni ishonchlili-
    gini, aniqliligini va to‘g‘riligini tekshirish natijalarni samarali bo‘lishiga 
    zamin yaratadi. Kerakli manbalarning turli-tumanligi, sermazmunligi va 
    ko‘pligi ularning sifatli shakllanishiga e’tibor qaratilishini taqozo etadi, 
    odatda korxonalar faoliyatini tahlil qilish davrida ma’lumotlar manbayi 
    yig‘iladi. Ushbu ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish 
    maqsadida ma’lumotlar to‘g‘riligi tekshiriladi. Tahlil uchun yig‘ilgan 
    ma’lumotlarni tekshirish ikki usulda olib boriladi: 
    1. Texnik (yuzaki) tekshirish. 
    2. Mazmun jihatidan tekshirish. 


    98
    Texnik tekshirish, axborot manbalarini arifmetik jihatdan to‘g‘rili-
    gini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko‘rsatkichlarning 
    bir-biriga mosligini e’tiborga olgan holda o‘rganishdir. Yuzaki tekshi-
    rishda hisobotga barcha ma’lumotlarni kiritilganligi, ularning arifmetik 
    yig‘indisi, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari va Statistika Qo‘mitasi
    tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllariga rioya qilinganligi, hisobot 
    shakllarining bir-biri bilan bog‘liqligi, hisobotni topshirish muddati, 
    mansabdorlarning imzosi tekshiriladi. 
    Mazmun jihatidan tekshirish, ma’lumotlarning haqqoniy ekanligi, 
    unda aks ettirilgan raqamlarning haqiqatda borligini aniqlashni o‘z ichi-
    ga oladi. Bunday tekshirish buxgalteriya hisobi boshlang‘ich hujjatlarida 
    keltirilgan raqamlarni inventarizatsiya o‘tkazish orqali taqqoslash, sanab 
    ko‘rish va o‘lchash yo‘li bilan to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishdir. 
    Mazmun jihatidan tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    ¨ Inventarizatsiya natijalari hisobotda o‘z aksini topishi. 
    ¨ Korxona hisobot ma’lumotlaridagi budjetga to‘lovlar va budjet 
    mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish summasini moliya tashkiloti 
    ma’lumotlariga mos kelishi. 
    ¨ Foyda va zararlar schotiga o‘tkazilgan ko‘rsatkichlarni tekshi-
    rish (ustav kapitalining o‘zgarishi, tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar, asosiy 
    vositalarni tugatilishi va hokazolar). 
    Korxonalar faoliyatini tahlil qilish davomida ko‘plab manbalardan 
    foydalanishga to‘g‘ri keladi.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to‘g‘riligini

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish