Tahlilda qo‘llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajra-




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Tahlilda qo‘llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajra-
tishimiz mumkin bo‘ladi: 
1. Reja ma’lumotlari manbalari. 
2. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalari. 
3. Qo‘shimcha ma’lumotlar manbayi. 
Reja ma’lumotlari manbalari tarkibiga biznes-reja ko‘rsatkichlari, 
belgilangan limitlar, belgilangan norma va normativlar, shartnoma 
ko‘rsatkichlari kiradi. 
Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalariga buxgalteriya hisobi va 
hisoboti ma’lumotlari, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ 
hisob va hisobot ma’lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy ma’lumotlar 
manbayi bu buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘lib, ular 
korxona xo‘jalik faoliyatining barcha jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Bunda mablag‘lar harakati, ularning manbalari va xo‘jalik aloqalari aks 
etadi. 


99
Buxgalteriya balansida mablag‘lar, ularni manbalarining joylashishi 
va hosil bo‘lish manbalariga qarab ifodalanadi. 
Statistik hisob va hisobot ma’lumotlari tahlil uchun asosiy manba 
bo‘lib hisoblanadi. Bu hisobotda hodisa va jarayonlarning jami 
ko‘rsatiladi, ularni miqdor jihatdan xarakterlaydigan muayyan iqtisodiy 
qonunlarni aniqlaydigan tarzda aks ettiriladi. 
Operativ hisob va hisobot ma’lumotlari buxgalteriya hisobi va 
hisoboti ma’lumotlariga va statistik hisobot ma’lumotlariga nisbatan 
zarur informatsiyani bir muncha tezroq olishga imkon beradi. 
Iqtisodiy tahlilni yanada chuqurroq amalga oshirish uchun hisob 
ma’lumotlariga taalluqli bo‘lmagan, ya’ni qo‘shimcha ma’lumotlardan 
foydalanish lozim bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar tarkibiga bank, moliya, 
soliq inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, inspektorlarni 
taqdim etgan ma’lumotlari, auditor xulosalari, radio va televideniya 
ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari manbalari, ishchi va xizmat-
chilar bilan bo‘lgan muloqot natijalari kiradi. Odatda, tahlil ma’lumotlari 
va ularni natijalari uni kim va nima maqsadda o‘tkazilganligiga qarab 
turli shaklda umumlashtirilishi mumkin. Korxona va tashkilotlarni 
xo‘jalik faoliyati tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xo‘jalikni 
yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko‘rinishida ifoda etiladi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi 
tahlilni o‘tkazganligimizga qarab bajariladi. Masalan, korxonalarning 
yillik hisoboti asosida o‘tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy 
xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali 
yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa muta-
xassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining buyrug‘i, jamoaning majlis 
bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi 
mumkin. Tahlil natijalarini umumlashtirganda, albatta erishilgan 
natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda 
faktlar bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi, shuningdek, yo‘l 
qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham 
ko‘rsatiladi. 
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishda 
korxonaning umummajlis materiallari, turli xil diagramma, jadval va 
grafiklar tuzib ko‘rsatma sifatida osib qo‘yish, gazeta va jurnallar 
sahifalarida ma’lumotlarni chop etish, axborot doskalaridagi ko‘rsat-
kichlarni e’lon qilib borish ham muhim hisoblanadi. 
Analitik yozuv korxona va tashkilotlarni xo‘jalik faoliyati yakunlari 


100
bo‘yicha yillik yoki choraklik hisobotiga tushuntirish xatlari, yuqori 
tashkilotlarni ularga bo‘ysinuvchi tashkilotlar xulosalari kabi bo‘ladi. 
Tushuntirish xati rejani bajarilishi haqidagi umumiy xarakteris-
tikada va ko‘rsatkichlarni avvalgi davrlarga nisbatan o‘zgarganlik 
ma’lumotlaridan boshlanadi, so‘ngra natijaning rejadan tafovuti sabab-
lari, ayrim omillarning o‘zaro bog‘lanishi va ularning xo‘jalik faoliyati 
ko‘rsatkichlari ifodalanadi. Analitik hisob – kitoblar analitik jadvallar 
ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Ularni har biriga xulosalar va ko‘rsat-
kichlarning o‘zaro bog‘liqligini yechib beruvchi matnli ilovalar beriladi. 
Bayonnomani xotima qismida xulosalar, aniqlangan kamchiliklarni 
tuzatish yo‘l-yo‘riqlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir 
rezervlardan foydalanish yuzasidan konkret (aniq) takliflar bayon 
qilinadi. Bayonnoma tushunarli, ilmiy asoslangan, ixcham, analitik 
jadvallar bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
bunday tahlil korxona rahbarining xaridorlarni umumiy yig‘ilishidagi 
ma’ruzasi uchun zarur bo‘ladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy va boshqaruv tahlil 
qilishdan olinadigan natija uni axborot va metodik qo‘llanmalar bilan 
ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Tahlilni axborot bilan ta’minlashda 
bosh rolni buxgalteriya hisobi va hisoboti egallaydi, sababi bu 
manbalarda xo‘jalik faoliyati va uning natijalari o‘z aksini topgan. 
Birlamchi va jamlangan hisob registoridagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va 
to‘la-to‘kis tahlil qilish rejani bajarilishiga, xo‘jalik faoliyatini yaxshi-
lashga qaratiladi. Ayniqsa, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarini 
mazmunan tekshirish tahlil ishlarini samarali o‘tishini ta’minlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda ma’lumotlarni tahlil 
qilishdan oldin ularning to‘g‘riligi tekshirib olinadi. Ma’lumotlarning 
to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun esa ayrim ko‘rsatkichlarni 
ma’lum bir hisobot ma’lumotlari bilan taqqoslab ularning bir-biriga 
mosligi o‘rganiladi. Agar bir xil ko‘rsatkichlar turli manbalarda bir xil 
tartibda aks ettirilgan bo‘lsa, u holda ushbu ma’lumotlar to‘g‘ri deb tan 
olinishi mumkin.
Moliyaviy hisobotning turli shakllaridagi ma’lumotlarni bir - biriga 
mosligini o‘rganish quyidagi jadvalda keltirilgan (22-jadval). 
Shunday tartibda debitorlik va kreditorlik qarzlarini, pul mablag‘lar 
harakatini va boshqa ma’lumotlarni ham mazmunan, miqdoran 
to‘g‘riligini tekshirish mumkin.


101
22-jadval 

Download 2,53 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tahlilda qo‘llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajra-

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish