• Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin
  • shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq 
    etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan 
    imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib beriladi
    tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotga 
    tatbiq etishni ko‘rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi 
    nazorat qilib boriladi.  
    3.3. Iqtisodiy tahlil jarayonida foydalaniladigan
    axborot manbalari 
     
    Korxonalarni to‘g‘ri va oqilona boshqarish uchun turli-tuman 
    ma’lumotlar tizimidan foydalanish zarurki, ular orqali to‘g‘ri boshqaruv 
    qarorlari qabul qilinishi mumkin. Ma’lumotlar deyilganda iqtisodiy 
    hodisalar, voqealar va xo‘jalik jarayonlarini tegishli manbalar orqali aks 
    ettirish, ularni qayta hisoblash va o‘rganish, hamda qiziquvchi tashkilot-
    larga uzatish tushuniladi.
    Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab 
    quyidagi turlarga ajratish mumkin
    ¨ 
    Iqtisodiy ma’lumotlar. 
    ¨ 
    Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar. 
    ¨ 
    Ilmiy- texnikaviy ma’lumotlar. 
    ¨ 
    Tabiiy- ekologik ma’lumotlar. 
    ¨ 
    Tahlil jarayonida foydalaniladigan boshqa ma’lumotlar.
    Iqtisodiy ma’lumotlarni biznes-reja, turli xil axborot manbalar
    texnologik ma’lumotlar, operativ-texnik, me’yoriy va hisob hujjatlari 
    tashkil etadi. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.
    Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlarga esa respublikamizda amal qila-


    95
    yotgan barcha qonunlar, me’yoriy hujjatlar va normativ aktlarda 
    rasmiylashtirilgan axborotlardan foydalanish tushuniladi.
    Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, eng yangi taraqqiyot, jahondagi 
    o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborot-
    lardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Tabiiy-ekologik ma’lumotlar, tabiat, yer, iqlim va boshqa ekologik 
    omillarni mujassamlashtirgan axborotlarni iqtisodiy tahlilda muhim 
    manba sifatida o‘rganiladi.
    Boshqa manbalarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, ta-
    biiy-ekologik manbalarda aks etmagan ma’lumotlar tushunilib, bunga 
    ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi, radio va televi-
    deniyadagi keltirilgan axborotlardan foydalanish tahlil uchun muhimdir. 
    Ko‘plab manbalarni tahlil jarayonlarida qo‘llash ularning mazmunini 
    boyitishga, boshqaruv qarorlarini xolisona bo‘lishini va korxonalarni 
    bozor iqtisodiyoti sharoitida faol qatnashishiga imkon yaratadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish