105
natijalarga obyektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezerv-
larini kompleks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga jalb etish, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va
ularni aybdorlarini topish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni tashkil
etishdan iborat.
Joriy tahlilning keng ko‘lamda qo‘llanishining asosiy sabablari deb
quyidagilarni hisoblash mumkin:
1. Tahlilning barcha vazifalari biznes-rejaning tig‘izligi va
asoslanganligi, uning bajarilishini nazorat qilish, xo‘jalik faoliyatida
erishiladigan natijalarni oldindan aytib berish, mehnat, moddiy va
moliya resurslaridan samarali foydalanish joriy tahlil zimmasiga tushadi.
2. Joriy tahlilning keng ko‘lamda qo‘llanilishi barcha korxona-
larning tasdiqlangan yagona hisobot shakllariga, asosan, yuqori tashki-
lot, statistika, moliya va soliq organlari, davlat bankiga hisobot top-
shirish vazifasining zarurligi.
3. Joriy tahlilning bajariladigan tahliliy ishlarda tutgan salmog‘i 90
foizni tashkil qiladi, chunki dastlabki va tezkor tahlilni o‘tkazish usuli
hali to‘la ishlab chiqilmagan.
4. Joriy tahlilda korxonaning xo‘jalik faoliyati har tomonlama
chuqur o‘rganiladi, chunki tahliliy xodimning ixtiyorida barcha
axborotlar manbayi mavjuddir.
5. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish tarixan joriy tahlildan boshlangan.
6. Iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash ham
joriy tahlil asosida olib boriladi.
Joriy tahlil uchun asosiy axborotlar oylik, kvartallik, yillik reja va
hisobotlar manbayi bo‘lib hisoblanadi.
Joriy tahlilning subyekti - korxonaning iqtisodiy bo‘limlari, yuqori
tashkilot, moliya, soliq va statistika organlari, davlat banki hisoblanadi.
Joriy tahlilning obyekti-korxonalar, ularning filiallari, boshqarmalar va
vazirliklardir. Joriy tahlilning dastlabki va tezkor tahlildan ustunligi
shundaki, uni o‘tkazishda axborotlar tizimi sistemali va kompleks
xarakterga ega bo‘lib, rasmiy jihatdan qabul qilingan buxgalteriya va
statistika hisobotlariga asoslanadi.