108
- ishlab chiqarishning texnik darajasini tahlil qilish;
- ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruvni tahlil qilish;
- ishlab chiqarilgan mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish.
Korxonaning texnik darajasini tahlil qilish
jarayonida korxonaning
ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish darajasini, ilg‘or
texnologiya
jarayonlarini joriy qilish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash
va avtomatlashtirish, qo‘l mehnatini to‘la
mexanizatsiyalash, zamo-
naviylashtirish kabi masalalar kiradi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruv masalalarini
tahlil qilish jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv shakllarining prog-
ressivligi (ilg‘orligi), boshqaruv
tizimining samaradorligi,
boshqaruv
shakllarining ilg‘orligi, boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv
apparatini qisqartirish kabi yechimlar hal etiladi.
Mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida iste’molchi-
lar talablarini hisobga olgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqa-
rish, ularning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari respublikamizda va chet
ellarda ishlab chiqarilgan eng yaxshi (yuqori) mahsulot namunalari bilan
taqqoslash. Mahsulotning texnik darajasi ularni attestatsiya qilish orqali
aniqlanadi. Texnik-iqtisodiy tahlil iqtisodchilar,
texniklar, muhandislar,
mutaxassislardan tuzilgan kompleks brigada orqali amalga oshiriladi.