• Tezkor tahlil.
  • Bu tahlilni asosiy kamchiligi




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Bu tahlilni asosiy kamchiligi shundan iboratki, aniqlangan xato, 
    kamchiliklar va foydalanilmagan imkoniyatlar korxona uchun butunlay 
    yo‘qotilgan hisoblanadi, chunki ular xo‘jalik faoliyatini o‘tgan davriga 
    bog‘liqdir. Biz bu imkoniyatlarni faqatgina kelgusidagi ishlarimizni 
    amalga oshirish jarayonida hisobga olishimiz mumkin xolos, shuning 


    106
    uchun ham tahlilni imkoniyatlarini oshirish va ularni vaqtida ishga 
    solish uchun hisobotlarni taqdim etish va ularni tahlil qilish vaqtini 
    qisqartirish vazifasi qo‘yiladi. 
    Joriy tahlil korxonani barcha xodimlari tomonidan, shuningdek, 
    sexlar va boshqa bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
    Natijada korxonani yillik faoliyatiga yakun yasaladi, kamchiliklar 
    aniqlanadi va korxona faoliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar ishlab 
    chiqiladi. Bu tahlil korxona xo‘jalik faoliyatini to‘la tahlili bo‘lib 
    hisoblanadi, chunki u o‘zida tezkor tahlil natijalarini mujassamlashtiradi 
    va istiqbolli tahlil uchun baza hisoblanadi. 
    Tezkor tahlil. Bu tahlil iqtisodiy tahlil turlaridan biri bo‘lib, xo‘-
    jalik tizimini tezkor boshqarish uchun lozim bo‘ladigan masalalarni hal 
    qilishga qaratilgandir. U korxonaning xo‘jalik faoliyatini boshqarishda 
    shu kundagi ishlab chiqarish jarayonini tezkor tarzda boshqarishda 
    qo‘llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida 
    ro‘y bergan chetga chiqishlarni tezkorlik bilan aniqlab, uni bartaraf 
    qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
    Tezkor tahlilning asosiy vazifasi topshiriqlarni muntazam nazorat 
    qilish, mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish jarayonini kunda 
    aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini o‘z vaqtida aniqlash 
    va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb qilish 
    hisoblanadi. Tezkor tahlil boshqaruv tizimida boshqaruv xodimlarining 
    taxminan 50 foiz ish vaqtini egallaydi, amalda esa uning umumiy 
    bajariladigan tahliliy ishlarda tutgan salmogi 10 foizni tashkil etadi. 
    Tezkor tahlil joriy tahlildan farqli o‘laroq u asosan boshlang‘ich 
    ma’lumotlarga asoslanadi. 
    Tezkor tahlil quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    - korxonaning asosiy miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
    hamda uning bo‘linmalari smenada, sutkada, besh kunlikda va 
    dekadalardan chetga chiqishini aniqlash; 
    - me’yordan chiqishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash; 
    - kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarni aniqlash; 
    - salbiy omillarni bartaraf qilish uchun tadbirlar ishlab chiqish; 
    - ko‘rsatilgan vaqtda erishilgan natijalarni yakunlash va «Tor» joy 
    va ilg‘or bo‘g‘inlarni aniqlash. 
    Tezkor tahlil, odatda, quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi: 
    mahsulotni ishlab chiqarish, jo‘natish va sotish, ishchi kuchidan 
    foydalanish, asbob-uskuna va moddiy resurslardan foydalanish, tannarx, 
    foyda va rentabellik, to‘lov qobiliyati. Demak, joriy tahlilda o‘rgani-


    107
    ladigan ko‘rsatkichlar soni tezkor tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkich-
    lardan ancha ko‘pdir. Tezkor tahlilning natijasi joriy tahlilga nisbatan 
    unchalik aniq bo‘lmaydi, chunki oyning istalgan kunida ishlab 
    chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va mahsulot tannarxining 
    pasayishi natijasida olingan foyda miqdorini aniq hisoblab chiqish 
    mumkin emas, oldindan mahsulotning qancha qismi shu oyda sotiladi, 
    qancha qismi esa kelgusi oyda sotilishini aniq hisoblab bo‘lmaydi, lekin 
    tezkor tahlilning bu kamchiligi uning ahamiyatini kamaytirmaydi, zero, 
    tezkor tahlil orqali olingan natijalarning mutlaq aniqligidan ko‘ra uni o‘z 
    vaqtida olish ahamiyatliroqdir. 
    Bunday tahlilni o‘tkazish uchun ma’lumot manbalari bo‘lib, 
    boshlang‘ich hujjatlar, buxgalteriya va tezkor texnik hisob ma’lumotlari, 
    uning shaxsiy kuzatish natijalari hisoblanadi. Bu hujjatlarda iqtisodiy 
    ko‘rsatkichlar ko‘proq natural holda beriladi. Tahlilni natura 
    ko‘rsatkichida amalga oshirilishi tezkor tahlilning xarakterli xususiyati 
    bo‘lib hisoblanadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish