Tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

9. Tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari 
quyidagi qaysi talablarni bajarishi lozim? 
a) haqqoniylik va xolisonalik tamoyiliga amal qilinadi; manbalar 
tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo‘lmog‘i lozim, ya’ni reja, hisob 
va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi, 
talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak; 
b) iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq 
o‘lchamda aks ettirilishi lozim; 
d) manbalarga kiritilgan ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va 
aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir va hokazolar; 
e) barcha javoblar to‘g‘ri. 
 
10. Boshqaruv obyektlarining bir-biriga bog‘liqligi bo‘yicha 
iqtisodiy tahlil qanday turlarga ajratiladi? 
a) funksional – iqtisodiy (funksional – qiymatli ) tahlil; texnik – 
iqtisodiy tahlil; ijtimoiy – iqtisodiy tahlil; iqtisodiy – ekologik tahlil; 
b) texnik – iqtisodiy tahlil; ijtimoiy – iqtisodiy tahlil; 
d) ichki xo‘jalik tahlili; 
e) iqtisodiy – ekologik tahlil; 


117
 
 
 
 
II BO‘LIM. 
BOSHQARUV TAHLILI 
 
 
 
IV BOB. KORXONA MAHSULOTI VA XIZMATIGA 
BO‘LGAN TALAB VA TAKLIFNING TAHLILI 
 
 
4.1. Korxona mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan talab va taklifni 
o‘rganishning ahamiyati va tahlilning vazifalari 
Mustaqillik davrida o‘tayotgan har bir kun, jamiyatimizning maz-
munan yangilanayotganligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotni moder-
nizatsiya qilish sharoitida yangi iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalar 
hayotimizga shu darajada tezlik bilan kirib kelmoqdaki, ularni idrok 
etish, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish, metodologik muam-
molarini hal qilishga ulgurish qiyin bo‘lmoqda. Bunday yangi iqtisodiy 
tushunchalardan biri – korxonaning marketing faoliyati tushunchasidir. 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublikamizda 
faoliyat ko‘rsatayotgan har bir korxona, firma va tashkilotlar bozorni 
o‘rgangan holda «qanday mahsulot ishlab chiqarish kerak, kim uchun 
ishlab chiqarish kerak va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur» 
tamoyiliga amal qilgan holda ish yuritishi lozim. Buning uchun ular 
bozorni chuqur o‘rganishlari, marketing sohasida yuqori malakali 
mutaxassislarga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Bozor to‘g‘risida ko‘p 
ma’lumotga ega bo‘lishlik, raqobatchilar, iste’molchilarning xarid 
qobiliyati, o‘xshash tovarlar hajmining o‘zgarib turishi hamda shu kabi 
boshqa muammolar bo‘yicha batafsil axborotlar to‘plash va ularni 
atroflicha tahlil etib turish muvaffaqiyatlar garovi, foyda ko‘rib 
ishlashning muhim shartlaridan sanaladi. 
Korxona bozor mexanizmi va konyukturasini batafsil tahlil qilgan 
holda o‘z imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy 
shartlarini tuzib chiqadi. Bu esa yaqin va uzoq davriylikda faoliyat 


118
yuritishning yo‘lnalishlarini belgilash hamda uning rejasini tuzib 
chiqishni xarakterlaydi. Rejali asosda ishlab chiqarishni boshqarish ham 
bevosita bozor regulatori elementlari ta’sirida yo‘lga qo‘yiladi. Tahlilda 
asosiy e’tibor marketing tadqiqotlariga qaratiladi. Bozordagi ahvol va 
uning o‘zgaruvchanligi, talab va taklif darajalari, bozor sohiblari va 
ularning mavqei, faoliyatni yo‘lga qo‘yishning imkoniyatlari keng 
qamrovda o‘rganiladi. 
Bozor talabini tahlil etishda bozorning alohida olingan tovarlar 
bilan to‘yinganlik darajasi, uning yaqin va uzoq oraliqda o‘zgaruv-
chanlik ehtimollari, tovarlar narxining o‘zgaruvchanligi, eng yuqori 
foydaliligi, muvozanatlashgan ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishlariga 
baho beriladi.
Bozor sharoitida iste’mol tabiiy holda amalga oshmay, ayriboshlash 
va uning pul-tovar muomalasi tufayli ro‘yobga chiqadi. Buning uchun 
oldi-sotdi, xaridor-sotuvchi pog‘onalaridan o‘tib, bir qator shakllarni 
boshdan kechirmog‘i zarur, ya’ni ehtiyoj-talab-iste’mol demak, bozor 
talab va taklif qonuniyatlari asosida tartibga solinadi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish