127
xususiyatlari tahlil qilinadi hamda raqiblarning
mahsulotlari nimaga
sotilayotganligi sabablari o‘rganiladi.
O‘rganish amaliyoti shu narsani ko‘rsatdiki, iste’mol xususiyati,
ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarishi uning hayotdagi o‘rnini beqiyos
qilib belgilaydi.
Tovarning xususiyatlari ham inson ehtiyojlariga ko‘ra uch turga
ajratiladi:
1. Tovarlarning moddiy ehtiyojlarini qondira olish xususiyatlari.
2. Ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondira bilishligi.
3. Tovarlarning ijtimoiy ehtiyojlarni to‘ldiruvchi
erganomik
xususiyatlari.
Birinchi xususiyat tovarlarning inson hayotida muayyan vazifani
bajarib, uning moddiy ehtiyojini qondirish tushuniladi.
Tovarlarning estetik xususiyati esa shakli, tuzilishi, pardozi va hidi
kabi
tomonlarini hisobga olsa, erganomika qismida insonning unumli
ishlashi uchun qulaylik yaratish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Yakka tartibdagi ehtiyojlar quyidagi tartibda aniqlanadi:
·
oiladagi roli, majburiyat doirasiga ko‘ra;
· boshqa odamlar bilan munosabatiga qarab;
· guruhning shaxsga va shaxsning guruhga bo‘lgan talabi bilan;
· katta jamoatchilikka qo‘shilishi bilan va hokazolar.
Hozirda talab va taklifni o‘rgangan holda mahsulot ishlab chiqarish
korxonalarning gullab - yashnashi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Mahsulot, ish va xizmatlarga bo‘lgan bozor talabining maksimal
darajada qondirilishi bozor mexanizmining
zarur shartlaridan biri
hisoblanadi. Korxona faoliyati eng avvalo, bozor
regulyatorlari asosida
tartiblanadi. Bunda iqtisodiy manfaatlar mushtarakligi e’tiborga olinadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida bozordagi talab orqali
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish faoliyatiga hamda
ishlab chiqarish hajmlariga ta’sir ko‘rsatiladi, bu esa ma’lum
darajada
iqtisodiyot tarmoqlarida talab va taklif muvozanatlashuviga zamin
yaratib berishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan shu narsa ko‘rinadiki,
bozorbop mahsulot yetishtirish uchun o‘rtacha 60
ga yaqin yangi
g‘oyani o‘rganib chiqish lozim va u quyidagi chizma ko‘rinishida
bo‘ladi (10-chizma).
128
10-chizma. Mahsulot ishlab chiqarish g‘oyalarini o‘rganish tartibi.
Bozordagi yangi tovar tayyorlash va ishlab chiqarishda ikkita
talabni hisobga olish lozim:
1. Yangi ehtiyojlarni oldindan aytib berish
va imkoniyatiga qarab
shakllantirish.
2. G‘oyani ko‘tarib chiqish va tovarlarning ilk nusxalarini sotish
o‘rtasidagi muhlatni iloji boricha qisqartirish.
Biz uchun eng asosiysi istiqbolli g‘oyani tanlash muhim hisoblanib,
bu yerda ekspertlardan tuzilgan guruhlar tomonidan miyaga hujum usuli
orqali ma’lum tovar uchun talab o‘rganiladi. Ushbu o‘rganish esa
ma’lum tovarlar partiyasi uchun talabning darajasini ifodalab beradi.
Bozordagi taklif darajasi esa tovarning «bozor testi»
orqali har
bir bozorda mahsulotni oz-ozdan sotib ko‘rish orqali aniqlanadi.