|
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv docBog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc3. Evristik metod – shakllanmagan metod bo‘lib bozor jarayoni
mutaxassislarining tajribasi, sezish qobiliyatlari orqali marketing bilan
bog‘liq masalalarni yechimi topiladi.
- «Delfa metodi. Bu metod diqqatga sazovor va samarali hisob-
lanadi. Uning mohiyati shundaki, ekspert so‘rovlari bir necha bosqichda
olib boriladi, so‘rov natijasiga ko‘ra bildirilgan g‘oyalar anonim xusu-
siyatiga ega, ekspertlarning bir-biri bilan muloqotda bo‘lishi cheklangan.
- jamoa g‘oyasini paydo bo‘lish metodi («miyaga hujum» meto-
di). Bu metod ekspertlarning ijodiy jarayonda faol qatnashuviga asos-
langan.
- xavf nazariyasi – tizimning nobarqarorligini o‘rganuvchi va
bashoratlovchi xavfning yuzaga kelish belgilarini aniqlash maqsadidagi
analitik dastur.
4. Matritsa usuli – yakuniy ifoda va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’-
sir etuvchi omillarni juftlik, birlik va ko‘plik koeffitsiyentlarda aniqlash.
Ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat:
- SWOT analiz (tahlil) – korxonaning kuchli(S) va bo‘sh
bo‘g‘inlari(W)ni aniqlaydigan, shuningdek, bozor imkoniyatlari(O) va
holatlari(T)ni o‘rganadi. Bunday tahlil natijasiga ko‘ra korxona va uning
mahsulot turlarini raqobatga bardoshligi baholanadi, bozor strategiyasi
shakllanadi. Marketing faoliyatini tahlili ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
- Strategik tahlil marketing tizimida korxonani uzoq muddatga
mo‘ljallangan bozorni prognozlashdagi pozitsiyasidir.
- Tezkor (taktik) tahlil – korxonaning bozor jarayonini hisobga
olgan holda joriy imkoniyatlarini faol o‘rganish, ya’ni qisqa muddatdagi
tutgan yo‘lidir. Tezkor tahlil ma’lumotlari asosida bozor talabiga mos
keladigan, yuqori foyda keltiradigan, pul mablag‘larini tushumini
muntazam ta’minlay oladigan puxta assortiment dasturini ishlab chiqish
imkoniyati yaratiladi. Korxona mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish
bo‘yicha optimal dasturning shakllanishi bo‘yicha variantlarni ishlab
chiqadi.
|
| |