Talab va taklifni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

4.2. Talab va taklifni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 
Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, fan va texnika taraqqiyoti ildam 
qadamlar bilan yangilanayotgan sharoitda insoniyatning tovar va 
moddiy qiymatliklarga bo‘lgan ehtiyoji - talabi uzluksiz o‘zgarib – ortib 
boradi. 
Talab o‘zgarishi (elastikligi) mavjud bo‘lib, u – 
1. Baholar o‘zgarishi va holati. 


122
2. Xaridorlar miqdori va ularning didi, istagi. 
3. Iste’molchilarning pul daromadi. 
4. O‘rnini almashtirish mumkin bo‘lgan yoki o‘rnini bosadigan 
tovarlar hajmi. 
5. Inflatsiya ehtimoliga bog‘liqdir. 
Bularni ayni vaqtda talabni belgilovchi omillar deyish mumkin. 
Bularning ichida eng muhimlari tovarlar va xizmatlar bahosi hamda 
iste’molchilarning pul daromadlari hisoblanadi. 
Quyidagi berilgan chizmadan ko‘rinib turibdiki, daromadning 
yuqori bo‘lishi talabning oshuvini va baho yuqori bo‘lsa, talabning 
pasayib borishini ko‘ramiz (8-chizma). 
 
Daromad
 
 
Talab 
 
 
 
0 Baho 
 
8-chizma. Talab harakatining chizmasi. 
 
Bozordagi taklif etilgan tovarlar miqdorini bir necha omillari 
mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
1. Taklif etiladigan tovarlar bahosi. 
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. 
3. Tovar ishlab chiqaruvchilarning miqdori. 
4. Ishlab chiqarish omillari bahosi. 
5. Soliq va subsidiyalar. 
6. Baholarning oshish ehtimoli va hokazolar. 
Taklif miqdoriga kuchli ta’sir etuvchi omil – bu tovarlarning 
bozordagi sotiladigan bahosi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
har bir ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi shu mahsulotni yaratish uchun 
ketgan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlarning miqdori hamda 
ko‘zlangan foyda normasiga aloqadordir (9-chizma). 

Download 2,53 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Talab va taklifni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish