121
axborot manbalari tarkibiga korxonaning buxgalteriya va statistika
hisobotlarining tezkor va joriy ishlab chiqarish ilmiy-texnika manbalari
kiradi. Tashqi manbalar tizimiga korxonaning tashqi faoliyati, bozor va
uning infratuzilmasi, xaridor va mol yetkazib beruvchilar holati,
raqobatchilar harakati, bozor mexanizmini tartibga solish bo‘yicha
davlatning ko‘rgan chora-tadbirlari kiradi. Bu manbalar vaqtli va
maxsus nashr, statistik to‘plam, tijorat tashkilotlarining olib borgan
izlanishlarini sharxlarida aks etadi. Bunday manbalar qatori tashkil
etilgan ko‘rgazma va anjuman manbalari, ishbilarmonlar ushrashuvi va
ularning olib borgan muzokaralari bo‘yicha tuzilgan protokollar yanada
to‘ldiradi. Tahlilning axborot manbalari sifatida korxonaning biznes-
rejasi (marketing rejasi)dan ham foydalaniladi.
Marketing konsepsiyasiga ko‘ra har bir faoliyat yurituvchi korxona
muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, iste’molchilarning istak-
larini nazarda tutishi kerak. Bu esa ularga mos tushadigan tovarlar ishlab
chiqarishni taqozo etadi va quyidagi qoidalarga rioya qiladi:
1. Xaridorlarni tushunish va ularni qiziqtirgan doirani aniqlash.
2. Tovar va xizmatlar mulkchiligini ta’minlash.
3. Tovarlar haqida kerakli ma’lumotlarni yetkazib berish.
Yuqorida keltirilgan qoidalar marketingning to‘rt aksiomasiga
asoslanadi:
· «Qiziqtirish muvaffaqiyat garovi».
· «Raqobat tanlashni rag‘batlantiradi».
· «Tanlov qiyinchilik tug‘diradi».
· «Tanlovdagi raqobat tovarni takomillashtiradi».
Talabni o‘rganish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy va demografik tavsifla-
riga ko‘ra turlarga ajratish usullarini ishlab chiqgan. Shu bilan birga
ularni psixologik taraflarini e’tiborga olib tahlil qilish keng rivojlan-
moqda.