Talab deb, - bu eng avvalo, biron-bir ne’matlar yoki xizmatlarga
bo‘lgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bo‘lishi va uni pul bilan
ta’minlashidir.
Taklif esa, - bu muayyan paytda bozorda bo‘lgan yoki unga
yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi.
«Ekonomiks» mualliflari K.R.Makkonell va S.L.Bryularning
ta’kidlashicha, iste’mol tanlovi bozor iqtisodiga asoslangan erkin
iqtisodiy taraqqiyotning keng quloch yozganidir. Iste’molchilar o‘z pul
daromadlari miqyosida tovarlar va tovarlashgan xizmatlarni istagan
tarzda sotib olishlari va shular bilan o‘z iste’mollarini ixtiyoriy qondirish
imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. Iqtisodiyotda nima ishlab chiqarish
kerakligini iste’molchi belgilaydi. Bunday xususiyat bozorda talabga hal
qiluvchi kuch beradi.
Talab, avvalo, resurslarga va iste’mol tovarlari, tovarlashgan
xizmatlarga bo‘lgan talab sifatida yuzaga keladiki, birinchisi ishlab
chiqarish iste’molini, ikkinchisi esa shaxsiy iste’molni, qondirishga
qaratilgan. Shunday ekan har bir korxona bozordagi talab va taklifni
o‘rgangan holda unga to‘g‘ri baho berishi lozim. Buning uchun
bozorlarda tekshiruv ishlari ayrim tanlangan mahsulotlar orasida anketa
javoblarini tarqatish orqali iste’molchi talabini o‘rganish lozimdir.
119
Bozorni o‘rganishda moliyaviy va boshqaruv tahlili fani quyidagi
vazifalarni bajaradi:
· qanday mahsulot ishlab chiqarish lozimligini belgilaydi;
· qancha miqdorda ishlab chiqarish kerakligini ko‘rsatadi;
· korxonaning kelajakda yaratish kerak bo‘lgan mahsuloti
to‘g‘risida ma’lumot beradi;
· foyda olish va uning hajmini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan va amalda qo‘llanilayotgan
qonunlarimiz respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan turli mulk shakli-
dagi korxonalarni to‘liq erkin holda ish yuritishni ta’minlamoqda. Bu
esa ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotish yo‘nalishlarini o‘zlari
belgilab olishlariga imkoniyat yaratadi. Erkin bozor iqtisodiyotida
korxonalarning katta daromad olishlari o‘z harakatlariga bog‘liq bo‘lib
qolmoqda. Ayniqsa, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarib, belgilangan
muddatlarda sotib, pul tushumlari barcha xarajatlarni qoplab mo‘may-
gina foyda ko‘rish bosh maqsad bo‘lib qolmog‘i lozim.
Ushbu ijobiy taraflarni e’tiborga olib korxonalarning bozordagi
talab va taklifni o‘rganib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi muhim
ahamiyatga egadir.
Resurslardan samarali foydalanish va iste’molchilarning ehtiyoj-
larini qondirish uchun korxona bozordagi holatni chuqur tahlil etishi
lozim. Shu maqsadda kompleks marketing tadqiqoti olib boriladi.
Marketing orqali doimiy ravishda yangi xizmat turlari taklif etiladi, ular
bozorini kengayishi tufayli korxona yuqori darajadagi foydaga erishadi.
Marketing orqali korxona xo‘jalik faoliyati tartibga solinadi. Shu tufayli
korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijasini tahlili marketing
faoliyatini tahlil etishdan boshlanmog‘i lozim.
Marketing tahlili - marketing tadqiqoti tizimining asosiy qismi,
manbalarni yig‘ish, ularni ro‘yxatga olish, bozordagi tovarlar, ish va xiz-
matlarga tegishli ma’lumotlarga ishlov berish orqali samarali marketing
xulosalari chiqariladi.
Marketing tadqiqoti jarayonidagi kompleks iqtisodiy tahlil obyekti,
birinchidan, real bozor jarayoni iste’molchilar va raqobatchilar bilan bir-
galikda, ikkinchidan, mahsulot turlarini ishlab chiqarishdagi korxo-
naning aniq iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobga olinishi
kerak.
Bir-biri bilan bog‘liq obyektlarni chuqur o‘rganish orqali bozordagi
holat va korxona imkoniyatlari hisobga olingan holda optimal variant-
120
dagi assortiment dasturi yaratiladi. Bu dasturni amalga oshirish orqali
korxona mahsulotini raqobatga bardoshligi, barqarorligi ta’minlanadi.
|