123
Tovar
bahosi Taklif
0
Resurslar bahosi
9-chizma.
Taklif harakatining chizmasi
Taklif bozor tovar bilan to‘la ta’minlangandan keyin o‘zgarmasdan
bir me’yorda bo‘lishi ham mumkin, bunda
baho oshib borishi bilan
bozorga chiqariladigan tovar ko‘payishining zarurati bo‘lmay qoladi.
Shunda ishlab chiqarish hajmi ham o‘zgarmay, taklif ham bahoga
bog‘liq bo‘lmagan holda barqarorlashishi mumkin.
Talab o‘zgarishi (elastikligi) mavjud bo‘lib, bu :
- baho o‘zgarishi va holati;
- xaridorlar soni va ularning didi, istagi;
- iste’molchilarni xarid etish imkoniyati;
- inflatsiya ehtimoli va boshqalar
Yuqoridagi talabni belgilovchi
omillardan tovar bahosi va
iste’molchilarning xarid etish imkoniyati muhim o‘rin tutadi. Taklif,
bozor tovar bilan to‘la ta’minlangandan keyin o‘zgarmasdan bir
me’yorda bo‘lishi ham mumkin, bunda baho oshib borishi bilan bozorga
chiqariladigan tovar ko‘payishining zarurati bo‘lmay qoladi. Shunda
ishlab chiqarish hajmi ham o‘zgarmay, taklif ham bahoga bog‘liq
bo‘lmagan holda barqarorlashishi mumkin.
Taklifning o‘zgaruvchanligi, umuman talab o‘zgaruvchanligiga
o‘xshab, tovar bahosining o‘zgarishi, taklifning o‘zgarish
darajasini
aniqlash uchun taklif o‘zgaruvchanligi ko‘rsatkichi (K) qo‘llaniladi.
Unga ko‘ra,
‘
(%)
‘
(%)
Taklif etilgan tovаr miqdori o zgarishi
K
Bаhоlаrning o zgarishi
=
Agar, K>1 bo‘lsa, taklif o‘zgaruvchan;
K=1 bo‘lsa, noo‘zgaruvchan;
K<1 bo‘lsa mutlaq noo‘zgaruvchan bo‘ladi.
124
Talab va taklifni ifodalashda asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilar
hisoblanadi:
·
Jami talab ko‘rsatkichi. Har bir iste’molchining o‘z,
shaxsiy
talabi bozordir. Jami bozor talabi yoki umumiy bozor talabi barcha
iste’molchilar talabi yig‘indisidan kelib chiqadi.
Shunday ekan, jami
talab ko‘rsatkichi narxlarning muayyan darajasida barcha iste’molchilar
sotib oladigan tovarlar miqdorining ifodasi sifatida keladi.
·
Jami taklif ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkichning shakllanishi ham
xuddi
talabniki singari, jami taklif yig‘indisidan kelib chiqadi. Bu esa
jami sotilishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulot ifodasi sifatida keladi.
Marketing tadqiqotida tahlilning
turli metod va usullaridan
foydalaniladi. Marketing faoliyatida tahlilni qo‘llaydigan metodlaridan
ayrimlari quyidagilardan iborat:
1>