uchun quyidagi parametrlarga mos kelishi kerak:
a) texnik parametrlarga (tovar belgisi, uni qo‘llash va tavsiya etish
markazlari);
b) ergonomik parametrlarga (tovarning inson organizmiga mos
kelishi);
d) estetik parametrlarga (tovarning tashqi ko‘rinishi);
132
e) me’yoriy parametrlarga (tovarning amaldagi me’yorlarga va
standartlarga mos kelishi);
f) iqtisodiy parametrlarga (tovarning baho darajasi, unga
ko‘rsatiladigan servis xizmati, vositalar o‘lchami, xaridorlarning ayni
vaqtdagi ehtiyojlarini qondira olishi).
Har bir istemolchi o‘z ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
tovarlarni sotib oladi. Bu esa, o‘z navbatida, raqobatni keltirib chiqaradi.
Xaridorlarning xatti - harakatlaridan shuni ko‘rish mumkinki, ular
tovarlarni taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (s), sotib olish
xarajatlariga (x) nisbatan yuqori bo‘lsa o‘sha mahsulotni ko‘proq
tanlashadi. U holda tovarning raqobatbardoshligi (r) quyidagi,
R=S/X;
ko‘rinishni oladi.
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarda
bo‘ladi:
1. O‘rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish.
2. O‘xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko‘rsat-
kichlarini belgilash.
3. O‘z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobotbardoshlik
ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Raqobat - lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, maqsadga erishish
uchun kurash, korxonalar o‘rtasidagi sof kurashni bildiradi. Uning aso-
siy quroli, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish hisoblanadi.
Raqobat ikki turga bo‘linadi:
1. Sof raqobat.
2. G‘irrom raqobat.
Sof raqobat bozor talablariga ko‘ra vijdonan kurashishni bersa,
g‘irrom raqobat uning aksini ta’minlaydi.
Jahon bozori tajribasidan raqobatning quyidagi shart-sharoitlari
mavjud:
· Kuchlar teng va strategiyalar o‘xshash bo‘lsa, bozorda
muvozanat uzoq saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchilik susaymaydi.
· Siz raqibingizni hamma narsadan xabardor deb biling.
· Raqibingizning g‘ashini keltiruvchi harakat qilmang.
· Sizning harakatingiz imkoningiz darajasida ekaniga raqibingizni
ishontiring.
Bozorda korxonaning tutgan ulushiga qarab raqobat ko‘rsatkichlari
aniqlanadi:
133
a) ilg‘or - 40 foiz;
b) ilg‘orga da’vogar - 30 foiz;
d) davomchilari - 20 foiz;
e) bozorda uncha omadi kelmagan - 10 foiz
Ushbu ko‘rsatkichlarga asoslangan holda ham ularning raqobat
darajasini aniqlashimiz va baho berishimiz mumkin.
Hozirgi zamonaviy sharoitda boshqarishda iqtisodiy uslubni birin-
chi o‘ringa qo‘yilishi xo‘jalik hisobidagi korxona va uning sex, uchast-
kalarini asosiy prinsipi bo‘lib, bunda moliyaviy va boshqaruv tahlili
muhim ahamiyatga egadir, faqat moliyaviy va boshqaruv tahlili tufayli
jamoa faoliyatining iqtisodiy natijalari obyektiv baholanib korxonani har
bir bo‘limi, har bir ishchini umumiy natijadagi ulushi aniqlanadi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilisiz xo‘jalik mexanizmini to‘g‘rilash va
uni takomillashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Moliyaviy va
boshqaruv tahlili ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlab qolmay, balki
moddiy resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishni rag‘bat-
lantiradi, shu bilan birga ishlovchilarni tejamkorlik ruxida tarbiyalaydi.
Raqobatchilarning imkoniyatlarini muntazam o‘rganib turish sotish
uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni o‘z vaqtida xaridorlarga yetkazish va
firma schotiga pul kelib tushish rejasini muvaffaqiyatli bajarishning
garovidir, faqat raqobatchilarni bozorga o‘xshash tovarlar yetkazib
berish imkoniyatini bilibgina qolmay, shuningdek, ularga nisbatan sifatli
va arzonroq tovarlar taklif qilish choralarini ko‘rish yuqori foyda
olishning yana bitta omilidir. Raqobatchilarni imkoniyatlarini
o‘rganishda qator davrlar mobaynida ixtisoslik tovarlarini sotilish
holatini kuzatish va ma’lumotlarni tahlil etish lozimdir. Bunday tahlil
quyidagi tartibda bajariladi (25-jadval).
Uch yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, firmaning «A» mahsu-
lotiga bo‘lgan talabga nisbatan 160 dona ko‘p tovar iste’molchilarga
taklif qilinmoqda. Shuningdek, «V» mahsulot bo‘yicha 5 kg va «D»
mahsuloti bo‘yicha 3000 kg talabga nisbatan ortiqcha tovarlar bozorga
chiqarilgan. Demak, bu mahsulotlarni to‘liq sotilishi uchun
raqobatchilarga nisbatan sifatli va xaridorgir tovarlar bo‘lishiga e’tibor
qaratilishi lozim, lekin «B» va «G» mahsulotlarni ishlab chiqarishni
ko‘paytirish imkoniyatlari borligini tadqiqotlar ko‘rsatib turibdi. Firma
ixtiyorida bozordagi talabni e’tiborga olib turib ayrim turdagi tovarlarni
ko‘proq taklif qilishga ixtisoslashish imkoniyatlari ham bor. Demak,
firmani bozordagi strategiya va taktikasi turli variantlarda bo‘lishi ham
mumkin ekan.
|