145
3. Mahsulotlarning sifati va standart talablariga javob berish daraja-
sini o‘rganish.
4. Mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish imkoniyat-
larini aniqlash.
5. Mahsulot nomenklaturasi va assortimentiga
baho berish hamda
o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishini tahlil etish.
6. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi va unga ta’sir
etuvchi
omillarga baho berish.
7. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini ko‘paytirish bo‘yi-
cha mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berish.
8. Aniqlangan imkoniyatlarni hayotga tatbiq etish borasida takliflar
ko‘rsatish.
9. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish hajmi bo‘yicha
belgilangan
biznes-rejaning asosliligini aniqlash.
10. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish
rejasining umumiy hajmda
hamda shartnoma majburiyatlarini hisobga
olgan holda bajarilishiga
obyektiv baho berish.
11. Mahsulot (ish, xizmat)larning sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish
va ularning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash.
12. Mahsulot sotish hajmlarining dinamik o‘zgarish sabablarini
aniqlash va baho berish.
13. Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi
omillarni hisoblash va
ularga baho berish.
14. Shartnoma
majburiyatlarini buzilishi,
bajarilmaslik sabablarini
aniqlash va unga baho berish.
Mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish muomalalari tahlilining
obyektlari esa quyidagilar:
· mahsulotlar turlari va assortimenti bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi;
· mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligi;
· ishlab chiqarilgan va sotilayotgan mahsulotlarning tarkibi;
· ishlab chiqarishning maromiyligi va uzluksizligi.