• 6. Kompleks tahlil deb nimaga aytiladi
  • «...shuni tan
  • Yuqori sifatga erishish uchun tovar qanday xususiyatlarga




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    4. Yuqori sifatga erishish uchun tovar qanday xususiyatlarga 
    ega bo‘lishi kerak? 
    a) texnik parametrlar; 
    b) estetik parametrlar; 
    d) ergonomik parametrlar; 
    e) barcha javoblar to‘g‘ri. 
    5. Bozorni xaridorligi: 
    a) mahsulot sotish hajmi, mahsulot bahosi, sotishdan kelgan tu-
    shum, foyda; 
    b) sotilgan mahsulot miqdori, mahsulotning o‘rtacha bahosi, renta-
    bellik darajasi, ishlab chiqarishning maromiyligi; 
    d) sotish hajmi, import tovarlar hajmi, mahsulot sifati, ishlab chi-
    qarish maromiyligi; 
    e) eksport tovarlar hajmi, bozorni uzoq-yaqin masofada ekanligi, 
    aholini xaridorligi, mahsulot sifatiga bog‘liq. 
    6. Kompleks tahlil deb nimaga aytiladi?
    a) xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini makon va zamon nuqtayi 
    nazaridan barcha tuzilmalari bilan birga batafsil tahlil etishdir; 
    b) xo‘jalik faoliyatida natijaviy omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik, 
    funksional bog‘liq bo‘lmagan sharoitda, ularning bog‘liqligini 
    o‘rganishga qaratilgan tahlildir; 
    d) mulk egalari va mutaxassislari tomonidan ichki imkoniyatlarini 
    ishga solish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan tahlildir; 
    e) noto‘g‘ri javob yo‘q. 


    140

     
     
     
    V BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB 
    CHIQARISH VA SOTISH HAJMINING TAHLILI 
    5.1. Xo‘jalik subyektlarining mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab 
    chiqarish hamda sotish jarayonlarini tahlil etishning ahamiyati va 
    vazifalari 
    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona ishlab chiqa-
    rishi ko‘zda tutgan mahsulotlar hajmi iste’molchilarning ko‘lami hamda 
    korxona ichki imkoniyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, mahsulotlar 
    ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan boyliklarning chegaralanganligi 
    mo‘l-ko‘l tovarlar yaratishni ham chegaralaydi. Bunday sharoitda 
    korxona o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahsulotlar 
    ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri belgilay olishi muhim ahamiyatga ega. 
    Korxona faoliyatini tahlili mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) 
    va uni sotish tahlilidan boshlanadi, chunki ishlab chiqarish va sotish 
    hajmlari faoliyat yuritishning asosiy ko‘rsatkichlaridir. Ishlab chiqaril-
    gan va sotiladigan mahsulotning hajmi, assortiment, sifatiga xarajat
    foyda va rentabellik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Tahlil natijalari asosida 
    aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi, 
    jumladan: 
    - mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab shakllanadi; 
    - ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda aniq hajmdagi 
    mahsulot miqdori belgilanadi; 
    - ishlab chiqarish xarajatlari smetasi tuziladi; 
    - moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, asosiy fondlar va 
    ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalari shakllanadi; 
    - mehnat resurslariga talab baholanadi. 
    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari korxona tomonidan 
    bozor kon’yunkturasini chuqur tahlil etgan holda mustaqil ravishda 
    rejalashtiriladi. 
    Mamlakatimizda oqilona va samarali iqtisodiy siyosatning ish-
    lab chiqilishi va hayotga izchil ravishda tatbiq etilishi, barqaror rivojla-


    141
    nishni asosiy manba, omillarining to‘g‘ri tanlanishi va ularga ustuvor 
    ahamiyat berilishi keyingi yillarda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’at-
    larini ta’minlanishiga imkoniyat yaratmoqda. 
    Korxona yaratayotgan mahsulotlarining bozorda mo‘l-ko‘lligi, 
    raqobatchilarning imkoniyatlari va iste’molchilarning ixtisoslik tovarlar-
    ga bo‘lgan talablarining o‘zgarib turishi ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri 
    va oqilona rejalashtirishni talab etadi. Har bir korxona ishlab chiqara-
    digan mahsulotlarining xaridorlari bilan joriy yil uchun shartnomaviy 
    majburiyatlar tuzadilar. Bunda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar 
    turi, miqdori, sifati, narxi va muddatlari tomonlar o‘rtasida kelishiladi, 
    demak, mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi iste’molchilarning talab 
    va istaklariga bog‘liq bo‘ladi. 
    Ichki imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda korxonadagi barcha 
    mavjud boyliklardan to‘liq foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish 
    hajmini kerakli me’yorda, ya’ni foyda olishni to‘liq kafolatlangan 
    sharoitini ta’minlashni ko‘zda tutib ishlab chiqarish tashkil etiladi. 
    Mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejada mo‘ljallangan 
    hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir 
    mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko‘rsatkichlari 
    bo‘lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, 
    moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati, sof pul mablag‘larining hisobot 
    davri oxiriga ko‘payishini ta’minlovchi omildir. 
    Boshqaruv hisobotida ishlab chiqarish ko‘rsatkichi natura va qiymat 
    shakllarida aks etadi. Jami korxona bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsu-
    lot, ko‘rsatilgan xizmat qiymat shaklida aks ettiriladi. Har bir korxona 
    mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilangan nomenklatura, assorti-
    mentda sifatli bajarishi lozim. Hozirgi sharoitda mahsulotni ishlab chi-
    qarish hajmi korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va rejalashtiriladi. 
    Mahsulot mo‘l-ko‘lligini ta’minlashda aholini xilma-xil tovarlar 
    bilan ta’minlashda xorijiy sarmoyalarning tutgan roli katta. Xalqaro 
    iqtisodiy integratsiya jarayonini kuzatar ekanmiz, rivojlanish darajasi 
    qanday bo‘lishidan qat’iy nazar chet el sarmoyasi kiritilgan mamlakatlar 
    iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlanib, salmoqli yutuqlarga 
    erishayotganligining guvohi bo‘lamiz. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar 
    ma’lumotlariga ko‘ra bir yilda qariyb 400 mlrd. AQSh dollari hajmidagi 
    xorijiy sarmoya bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga, bir mintaqadan 
    boshqa mintaqaga olib kiriladi.


    142
    Bu borada, Prezidentimiz Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 
    2012-yil 19-yanvardagi 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda 
    O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish-
    lariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida ishlab chiqarishning o‘sish 
    sur’atlari haqida to‘xtalib, jumladan shunday degan edi: «...shuni tan 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqori sifatga erishish uchun tovar qanday xususiyatlarga

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish