• Sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot tovar mahsuloti deb nomlanadi.
  • . Bulardan tashqari bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki xil narx amal qiladi
  • , bu boradagi iqtisodiy tahlilning muhim
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Tayyor mahsulot deb - barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib, tayyor 
    holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga 
    javob beradigan, texnik nazoratdan o‘tgan mahsulotga aytiladi. Tayyor 
    mahsulot tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish va 
    xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari 
    xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi. 
    Sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot tovar mahsuloti deb 
    nomlanadi. Uning tarkibiga sotish uchun mo‘ljallangan tayyor
    mahsulotlar, yarim tayyor mollar, buyurtmachi korxona va muassasalar 
    uchun bajarilgan sanoat xarakteriga ega bo‘lgan ishlar kiradi. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx turlari ko‘payadi: ulgurji, 
    chakana narxlardan tashqari yana ichki, xalqaro narxlar mavjuddir. Ichki 
    narx tovarlarga davlat ichkarisidagi belgilangan narx, xalqaro narx esa 
    tovarlarga xalqaro bozorda belgilangan narxdir. Bulardan tashqari 
    bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki xil narx amal qiladi : 
    1. Erkin narx. 
    2. Davlat tomonidan belgilanadigan narx. 
    Davlat tomonidan belgilanadigan narx keyinchalik qisqarib boradi, 
    erkin narxning doirasi kengayib boradi. Korxonalar o‘z ishlab chiqargan 
    mahsulotlarini erkin narxda iste’molchilar bilan kelishilgan narxda so-
    tishga intiladilar. Kamyob mollarni tovar birjasi orqali sotish, kim oshdi 
    savdosi orqali sotish keng rivojlanadi. 
    Omborga qabul qilingan va xaridor korxonalarga jo‘natilgan mah-
    sulot buxgalteriya hisobida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha 
    aks ettiriladi, biroq sexlardan mahsulot omborga qabul qilinganda uning 
    haqiqiy tannarxi ma’lum bo‘lmagani uchun mahsulot harakatini hisobda 
    qabul qilingan reja tannarxi yoki ulgurji bahoda hisobga olinadi, ya’ni 
    baholanadi. 
    Korxonaning barcha erishgan natijaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘ridan-
    to‘g‘ri mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish bilan bevosita 
    bog‘liqligini e’tiborga olsak, bu boradagi iqtisodiy tahlilning muhim 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish