Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar- ning mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmlarini tahlil etishda moliyaviy va boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari quyidagilar hisoblanadi: · korxonaning biznes-reja ma’lumotlari;
· «Korxona (birlashma)ning mahsuloti bo‘yicha hisoboti» (1-P
shakl) nomli statistik hisoboti ma’lumotlari;
146
· «Tayyor mahsulotlar harakati» to‘g‘risidagi 16-sonli vedomost;
· «Buxgalteriya balansi» (1-shakl) ma’lumotlari;
· «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl) ma’lumot-
lari va boshqa axborot manbalari.
· «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» ma’lumotlari;
· boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar.
5.2. Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmlari bo‘yicha belgilangan biznes-rejalarning bajarilishi tahlili Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sanoat kor-
xonalarini ishlab chiqargan mahsulotlari hajmi miqdoriy, shartli –
miqdoriy, mehnat va qiymat o‘lchovlarida o‘rganilishi mumkin. Bu
o‘lchovlar tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini o‘rganishda
qiymatda hisoblangan ko‘rsatkichlarni tahlil etish muhim o‘rin egal-
laydi, ya’ni korxona bo‘yicha barcha turdagi ishlab chiqarilgan mah-
sulotlar hajmi qiymat o‘lchovida umumlashadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili uchun sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulot hajmini o‘rganishda quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: · yalpi mahsulot;
· tovar mahsuloti;
· sotilgan mahsulot;
· normativ sof mahsulot;
· shartli mahsulot.
Yalpi mahsulot – bu korxonaning ma’lum bir davrda (kun, oy, cho-
rak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, ko‘rsatgan xizmat va bajargan
ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda o‘lchangan hajmiga aytiladi.
Bunda uning tarkibiga ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan
ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlari,
korxonaning o‘z kapital remonti uchun sarflangan yarimfabrikatlar
qiymati, buyurtmachilarning xomashyosidan tayyorlangan mahsulotlar
qiymati ham qo‘shilgan holda aks etadi. Ishlab chiqarilgan yalpi
mahsulot hajmi korxonaning quvvati, imkoniyati va ixtisoslashuvini
o‘rganishga hamda tahlil o‘tkazishga imkoniyat yaratadi.
Tovar mahsuloti – bu iste’molchilarga yetkazib berish uchun
mo‘ljallangan mahsulotlar bo‘lib, yalpi mahsulotdan shu jihatlari bilan
farq qiladiki, uning tarkibiga tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona
147
ichki iste’moli (oboroti) uchun foydalanilgan mahsulotlar hamda buyurt-
machilarning xomashyosidan tayyorlangan mahsulotlar kiritilmaydi.