olish kerakki, so‘nggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayot-




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

olish kerakki, so‘nggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayot-
gan muammolar, asosan, qo‘shimcha pul bosib chiqarish va moliya 
bozorini shunday pullar bilan to‘ldirish hisobidan hal etilishi ko‘zga 
tashlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, kelgusida jilovlab bo‘lmaydi-
gan inflatsiyaga, ya’ni qimmatchilikka, zaxira va milliy valutalar-
ning qadrsizlanishiga va shu bilan bog‘liq og‘ir oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. 
O‘z-o‘zidan ayonki, jahon bozorida kechayotgan inqiroz jara-
yonlari o‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining ri-
vojlanish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Birinchi 
navbatda, dunyo bozorida xomashyo va tayyor mahsulotga ehtiyoj-
ning tobora pasayib borishini hisobga oladigan bo‘lsak, bunday 
holat mamlakatimizning eksport salohiyati va valuta tushumiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mah-
sulotning o‘sish sur’ati, kutilganidek, amalda 8,3 foizni tashkil etdi, 
2000-2011 yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar 
oshdi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning 
iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy 
oldi».
1

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar barcha 


firma va kompaniyalarda mahsulotlarni eng avvalo sotish uchungina 
ishlab chiqarishni tashkil etadilar, faqatgina buyurtmachi talabi asosida 
va iste’molchilarning didini mo‘ljallab, barcha talabni qondirish 
maqsadida sifatli tovarlar ishlab chiqarishga harakat qiladilar. 
Mahsulotlarning o‘z muddatida sotilishi ishlab chiqarishni maromida 
davom etishini ta’minlaydi, boyliklarning aylanishini tezlashtiradi. 
Mahsulot sotish orqali qilingan doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar 
qoplanadi va firma foyda ko‘rishni mo‘ljallaydi. Sotish hajmi ishlab 
chiqarish jarayonining so‘nggi bosqichidir. Mahsulot sotishdan kelgan 
tushum orqali korxona birinchi galdagi to‘lovlarni amalga oshiradi. Bu 
1
Каримов И.А. 2012 йил ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади. Тошкент. 
«Ўзбекистон», 2012 йил 34 б. 


143
hisob-kitoblarning o‘z vaqtida bajarilishi turli xil jarima, iqtisodiy 
ogohlantirishlar va penyalar to‘lashdan korxonani qutqaradi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘z vaqtida sotilishi korxo-
naning ijobiy moliyaviy natijaga erishishi, dividend to‘lovlarini o‘z 
vaqtida amalga oshirishi, mulk va mablag‘larning uzluksiz hamda sama-
rali aylanishi kabi ko‘pgina moliyaviy ahvol munosabatlarini yaxshilash 
imkoniyatini tug‘diradi. Sotish jarayonini muddatida bajarilishi 
korxonaning ishlab chiqarish va ta’minot jarayonlarini ham tezlashishiga 
ta’sir etadi, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartiradi, pul 
oqimlarini ijobiy bo‘lishini ta’minlaydi. Bu fikrlarni oddiy ifodalash 
maqsadida quyida mablag‘larning korxona va firmalardagi harakat 
qilishini chizma shaklida keltiramiz (13-chizma). 
13-chizma. Mablag‘larning korxonadagi harakati chizmasi. 
Dastlabki pul mablag’lari jamg’armasi 
Tovar-moddiy zaxiralar sotib olish 
Mehnat kuchini yollash 
Asosiy vositalar xarid qilish 
Ishlab chiqarish va uni tashkil etish 
Tayyor mahsulot 
Marketing va reklama xarajatlari 
Sotish
Pul tushumlari 


144
Sotish bo‘yicha rejaning bajarilishida tayyor mahsulot va uning 
sifati muhim o‘rin tutadi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



olish kerakki, so‘nggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayot-

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish