• Ishlab chiqarish va mahsulot sotish tahlilining natijalari va uni kompleks baholash tizimi.
  • Mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini tahlili
  • Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini o‘lchov birliklari




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini o‘lchov birliklari 
    quyidagilardan iborat: 
    - qiymat (ulgurji baho); 
    - natura (dona, metr, tonna va h.k.); 
    - shartli-natura (tonna-kilometr, shartli yoqilg‘i tonna va h.k.); 
    - mehnat (mehnat sarfi norma-soatda). 
    Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kompleks tahlili ikki yo‘nalishda 
    olib beriladi: 
    a) mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash; 
    b) bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini 
    tahlili. 
    Hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja ma’lumot-
    lari bilan taqqoslash orqali rejaning bajarilishi, rejadan farqlanishi mutlaq 
    summada, o‘tgan yil bilan taqqoslash orqali esa mahsulot hajmini o‘sish 
    sur’ati aniqlanadi. 


    152
    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili 
    Mahsulot ishlab 
    chiqarish va sotish 
    dinamikasin tahlili 
    Mahsulot strukturasi
    va assortimenti 
    tahlili 
    Ishlab chiqarish 
    maromini tahlili 
    Mahsulot sifatini 
    tahlili 
    Omillar ta’sirini hisob-kitob va ishlab chiqarish va sotish 
    hajmlarini oshirish zaxiralarini aniqlash 
    Omillar ta’sirini hisob-kitob qilish, ishlab chiqarish va sotish 
    hajmin i oshirish zaxiralarini aniqlash 
    15-chizma. Ishlab chiqarish va mahsulot sotish tahlilining natijalari va uni 
    kompleks baholash tizimi. 
    Mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining quyidagi ko‘rsatkichlari 
    aniqlanmog‘i lozim: 

    hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini o‘tgan 
    yildagisi bilan taqqoslash orqali o‘zgarish tezligining o‘sishi mutlaq 
    summada quyidagicha aniqlanadi. 
    1
    0
    ;
    Т
    Т
    N
    N
    N
    D
    =
    -
    (bunda «T» - tovar mahsuloti) 
    - o‘rganilayotgan davr bo‘yicha mahsulotni umumiy o‘sish sur’ati: 
    ;
    1
    Т
    i
    п
    i
    Т
    N
    N
    D
    =
    =
    D
    å
    =
    bunda n- mahsulot hajmi dinamikasining davrlari (yillar) 
    - mahsulotning umumiy o‘sish ko‘rsatkichini o‘rganilayotgan 
    davrlar soniga bo‘lish orqali mutlaq o‘rtacha yillik o‘sish aniqlanadi. 

    1
    1
    ;
    п
    п
    Т
    o y
    i
    i
    N
    N
    =
    D
    =
    D
    å
    n
    - mahsulot hajmini o‘sishi (K
    N
    ) (indeks dinamikasi) va o‘sish 
    sur’ati(
    N
    K
    D
    ) (zanjirli indeks)lari o‘rganilayotgan davrlardagi ishlab 
    chiqarish hajmining intensivligini quyidagicha aniqlash mumkin. 
    ;
    0
    1
    N
    N
    K
    N
    =
    Kompleks iqtisodiy tahlilga oid ayrim manbalarda mahsulot 
    hajmini o‘sishi mahsulot hajmini indeksi deb ham ataladi. Bu 
    ko‘rsatkich 
    korxonaning 
    rivojlanish 
    dinamikasini 
    ifodalaydi. 
    Tadqiqotchi faqat tashqi moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida (shakl 
    №2)- quyidagi ikki indeks – sotishdan kelgan tushum va sotilgan 
    mahsulot tannarxlari bo‘yicha dinamikasini aniqlashi mumkin. 


    153
    Mahsulot hajmini o‘rtacha yillik o‘sishi (KT
    o‘y
    ) va o‘sish sur’atlari 
    o‘rtacha geometrik formula asosida quyidagicha aniqlanadi. 

    1
    0
    /
    ;
    n
    N o y
    K
    N
    N
    =
    1

    0
    1,
    n
    N o y
    N
    K
    N
    =
    -
    bunda N
    1
    , N
    0
    –hisobot va bazis davrlaridagi ishlab chiqarilgan 
    mahsulot hajmi.
    Sotish hajmini o‘rtacha yillik o‘sishi (o‘sish sur’ati) 
    quyidagicha aniqlanadi:
    1
    2
    3
    . . .
    ,
    n
    N
    n
    K
    K
    K
    K
    K
    =
    *
    *
    bunda K
    1
    , K
    2
    , K... Kn – o‘sish sur’ati; n- o‘rganilayotgan davr, 
    yillar soni. 
    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini kompleks tahlili 
    yig‘ma ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bazisli o‘sish sur’ati 
    tahlil etilayotgan davrning birinchi yiliga nisbatan, zanjirli o‘sish sur’ati 
    esa oldingi yillarga nisbatan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Mahsulot 
    ishlab chiqarish hajmi hisobotlarda amaldagi bahoda ifodalanadi. Tahlil 
    etish uchun ishlab chiqarish va sotish hajmlari taqqoslanadigan holatga 
    keltiriladi, so‘ng o‘sish sur’atlari aniqlanadi.
    215000:(1,0*1,30)=165384 
    220000:(1,30*1,35)=125356 
    O‘rganilayotgan davr mobaynida mahsulot ishlab chiqarish va uni 
    sotish hajmlari dastlabki ikki yil ichida pasayishi kuzatilgan, keyingi 
    yillarda o‘sish ro‘y bergan. 
    Mahsulot ishlab chiqarish hajmi to‘rt yilda 27,3 foizga, uni sotish 
    hajmi esa 33,1 foizga tayyor mahsulot qoldiqlarini o‘zgarishi hisobiga 
    ortgan. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 
    7,4 foizni tashkil etgan. 
     
     


    154
    27-jadval 
     Mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini tahlili 
    O‘sish 
    sur’ati, % 
    O‘sish sur’ati,% 
    Yillar 
    Mahsulot 
    ishlab 
    chiqarish 
    hajmi 
    joriy yil 
    bahosida, 
    ming. 
    so‘m 
    Baho 
    indeksi 
    Mahsulot 
    ishlab 
    chiqarish 
    hajmi 
    bazis 
    davri 
    bahosida, 
    ming. 
    so‘m 
    bazisli 
    zanjirli 
    Mahsulot 
    sotish 
    hajmi, 
    ming 
    so‘m 
    bazisli 
    zanjirli 
    XXX1 
    200000 
    1,0 
    200000 
    100 
    100 
    210700 
    100 
    100 
    XXX2 
    215000 
    1,30 
    165384 
    82,7 
    82,7 
    168300 
    79,9 
    79,9 
    XXX3 
    220000 
    1,35 
    125356 
    62,6 
    75,8 
    170500 
    81,0 
    101,3 
    XXX4 
    339150 
    1,20 
    209352 
    104,6 
    167,0 
    250000 
    118,7 
    146,7 
    XXX5 
    336006 
    1,10 
    254550 
    127,3 
    127,6 
    280380 
    133,1 
    112,2 
    Mahsulotlarni sotish majburiyatlarini bajarilishi korxonaning 
    moliyaviy holati, moliyaviy natijalariga katta ta’sir qiladi. Yaqin 
    o‘tmishda rejali iqtisodiyot davrida ham shartnomalar tizimidan 
    foydalanilgan, ammo yakka mulkchilik, ya’ni davlat mulkchiligining 
    tanho huquqi hukmronlik qilgan zamonda shartnomalar reja va 
    topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan bir vosita hisoblangan. 
    Bugungi kunda shartnoma rejali ishlab chiqarish va taqsimlash 
    omillariga asoslanmaydi. Bil’aks, bozor qonuniyatlari talabiga binoan, 
    shartnomaviy munosabatlar tovar-pul, ya’ni teng to‘lovlar tarzida 
    amalga oshirilib, shartnoma ularga huquqiy shakl o‘rnida xizmat qila 
    boshladi. Konstitutsiya, Fuqorolik kodeksi, xo‘jalik ishlarini yuritish 
    qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar to‘g‘risidagi 
    qonunlar, boshqa me’yoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini tartibga 
    solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi. 
    Shartnoma ijrosi jarayoni, bozor iqtisodiyoti qonuniyatiga ko‘ra 
    moddiy ijrodan, ya’ni o‘zaro majburiyatlarning bajarilishidan, ijroning 
    hujjatli asosda tasdiqlanishidan iborat. Shartnoma bajarilmasligi 
    korxonaga katta iqtisodiy zarar keltiribgina qolmay, uning istiqbolini 
    xavf ostiga qo‘yadi, moliyaviy ahvolini inqirozga uchrashiga sabab 
    bo‘ladi. Mahsulotni yetkazib berish shartnomasini bajarilishi (foizda) 
    quyidagi formula asosida aniqlanadi. 
    bunda:
    Kn- shartnoma majburiyatini bajarilishi, % ; 


    155
    0
    N
    - shartnoma tuzish uchun mo‘ljallangan mahsulot hajmi; 
    NH - yetkazib berilmagan mahsulot.
    Bozor munosabatlari rivojlangan sari rejaning ahamiyati tobora 
    oshib boradi. Biror-bir ishlab chiqarish, xususan, tijorat g‘oyasini rejasiz 
    amalga oshirib bo‘lmasligini xorijiy ishbilarmon va tadbirkorlar alla-
    qachon tushunib etishgan. Bu yerda gap avvalgi sobiq ittifoq davridagi 
    «besh yillik» rejalarimiz haqida ketmayapti. Xorijiy rivojlangan 
    mamlakatlarning «besh yillik» rejalari butunlay boshqacha usulda 
    tuziladi. Ularni «Biznes-reja» deb atashadi. Erkin bozor munosabatlari 
    sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining ishlab chiqarish 
    faoliyatini hamda kelgusida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan taktik va 
    strategik rejalarini biznes-rejasida aks ettiradi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini o‘lchov birliklari

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish