156
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, biznes-reja hamma uchun
o‘ta zarurdir.
Uning dolzarbligi quyidagilar bilan izohlanadi:
·
birinchidan, iqtisodiyotimizga bozor munosabatlari kirib kel-
moqda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bozor sharoitida vujudga keladi-
gan muammolarni tasavvur eta olmaydilar. Ularga javob beradigan
darajada tayyor emaslar;
·
ikkinchidan, butunlay o‘zgarib borayotgan xo‘jalik faoliyati
sohasi katta tajribaga ega bo‘lgan rahbarlarning ham ish yuritishda
o‘zgartirish kiritishlarini taqozo etadi va ayniqsa, hozirgi kunda bir narsa
– raqobatga tayyor bo‘lib turishga chaqiradi. Bu sohada ikkinchi darajali
ishlar bo‘lmaydi;
·
uchinchidan, xorijdan investitsiya olish zarur, buning uchun
buyurtmalarimizni isbotlab berish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz, investit-
siya mablag‘larining har bir jihatini xorijiy tadbirkorlardan qolish-
maydigan darajada ishlab chiqishimizni investorlarga ko‘rsata olishimiz
kerak.
Tuziladigan biznes-rejaning hajmi korxona bajaradigan ish faoli-
yatiga bog‘liq bo‘ladi. Biznes-rejani ishlab chiqishda tashqi
maslahatchilardan ham foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
28-jadval