167
biznes-reja bo‘yicha ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan jami mahsulot-
larga bo‘lish orqali o‘rtacha assortiment rejasinining bajarilishi aniq-
lanadi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil
qilinayotgan aksionerlik
jamiyatida joriy hisobot davrida besh xil assortimentdagi mahsulotlar
ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan «A», «V» va «D»
assortimentdagi mahsulotlar natura holatida ortig‘i bilan ishlab
chiqarilgan. Qolgan ikki xil assortimentdagi mahsulotlarni ishlab
chiqarish rejalari esa to‘liq bajarilmagan.
Natijada mazkur aksionerlik
jamiyatida joriy yilda jami assortiment hisobiga 2059597 ming so‘mlik
mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘rtacha assortiment rejasining
bajarilishi 97,26 % (2059597 / 2117539 * 100) ni tashkil etgan. O‘rta-
cha assortiment rejasining bajarilmasligiga «B» va «G» turdagi mah-
sulotlar bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilmasligi sabab
bo‘lgan, ammo korxonada o‘rtacha assortiment rejasi 100 % ga
bajarilmagan bo‘lsada, mahsulot ishlab chiqarish rejasi 118,81 %
(2515931 / 2117539 * 100) ga bajarilgan, ya’ni reja ortig‘i bilan bajaril-
gan. Korxona ma’muriyati assortiment
rejasining bajarilmaslik
sabablarini chuqur o‘rganishlari va o‘z vaqtida tegishli choralarni
ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Assortiment rejasining bajarilmasligi ko‘rsatkichi orqali ham
assortimentga baho berish mumkin.