Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - xo‘jalik sudi tomonidan e’ti- rof etilgan yoki qarzdor ixtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning o‘zi e’lon qilgan qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditor- lar talabini to‘la hajmda qondirshga qodir emasligi, shu jumladan, budjetga va budjetdan tashqari fondlarga soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ta’minlashga qodir emasligi. O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonuni-
ning 3-moddasi «bankrotlik alomatlari» deb ataladi. Bu moddada
quyidagilar qayd etilgan. Yuridik shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha
kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlarni to‘lash
majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va
(yoki) to‘lov majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran 9 oy davomida
qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uni bankrotlik alomati deb
e’tirof etadi.
Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil
etmagan holda amalga oshirayotgan shaxsning pul mablag‘lari bo‘yicha
kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlarni to‘lash
majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va
(yoki) to‘lov majburiyati ularni bajarish sanasi boshlangan paytdan
e’tiboran 6 oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, agar
majburiyatlarning summasi unga tegishli mol-mulkning qiymatidan
oshib ketgan bo‘lsa, uning bankrotlik alomati deb e’tirof etiladi.
Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash uchun quyidagi chora- tadbirlarni qo‘llash lozim: · ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
· norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;
· debitorlik qarzlarni undirish;
· qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
· qarzdorning talabidan o‘zganing foydasiga voz kechish;
· qarzdor majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi;
· qarzdorning to‘lov majburiyatini tiklashning boshqa usullari.
Jo‘natilgan tovarlarni tahlili uchun ma’lumotlar tezkor hisob va
dastlabki hujjatlar hamda hisobotdan olinadi. Tovarlar iste’molchilarga
tuzilgan shartnoma asosida jo‘natiladi.
Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar «Moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl) shaklidan olingan, ya’ni yuqoridagi
jadvalda mahsulot (ish, xizmat)lar sotish hajmi 2-shaklning 010 satridan
olingan bo‘lib, mahsulot sotishdan olingan sof tushum solishtirma
163
ulgurji bahoda aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil
qilinayotgan aksionerlik jamiyatida o‘tgan yili jami 1452513 ming
so‘mlik mahsulot sotilgan bo‘lsa, hisobot yilida bu ko‘rsatkich 3040381
ming so‘mni tashkil qilgan, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan mahsulot sotish
hajmi 209,32 % ni tashkil etgan.
31-jadval